Yangiliklar

not found

Qalqonsimon bez sabab kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salomatlikdagi 6 muammo

Qalqonsimon bez kichik bo‘lsa-da, ammo juda muhim organdir. Organizmning ko‘plab muhim tizimlarining salomatligi uning ishlashiga bog‘liq. Hatto juda kichik kamchilik ham eng muhim organlarning ishiga jiddiy ta’sir qilishi va kasalliklarni qo‘zg‘atishi mumkin. 1. Vaznning tushunarsiz o‘zgarishi Metabolizm tezligi qalqonsimon bezga ham bog‘liq va shuning uchun uning ishidagi eng kichik o‘zgarish ham darhol seziladi. Qalqonsimon bez haddan tashqari faol bo‘lsa, to‘satdan juda ko‘p vazn yo‘qotish mumkin. Agar, aksincha, bez qonga odatdagidan ko‘ra kamroq gormonlarni chiqaradigan bo‘lsa, shish boshlanadi va semirish kuzatiladi. Ikkala holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur, agar kerak bo‘lsa, qalqonsimon bezning ultratovush tekshiruvini o‘tkazish zarur. 2. Uyquchanlik va charchoq hissi Doimo uyquchanlik va yengil yumushlar ham sizni charchatadimi? Ehtimol bularning barchasi qalqonsimon bezning yaxshi ishlamasligidandir. Endokrinologlarning aytishicha, agar charchagan holda uyg‘onish kuzatilsa, bu shifokorga borishdan darak beradi. Ehtimol, muolajalardan so‘ng hammasiga o‘z joyiga tushib ketadi. 3. Termoregulyatsiya bilan bog‘liq muammolar Atrofdagilarning hammasi issiqdan aziyat chekayotgan bir vaqtda sovqotish yoki aksincha, sovuq mavsumda terlash. Bu qalqonsimon bezning normal faoliyati buzilganligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yana bir alomatdir. 4. Homilador bo‘lolmaslik Ayollarning reproduktiv salomatligi endokrin tizim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, homilador bo‘lish asosan qalqonsimon bezning yaxshi ishlashiga bog‘liq. Sikldagi o‘zgarishlar, og‘riq, homiladorlik bo‘la olmaslik – bularning barchasi endokrinolog bilan bog‘lanish va qalqonsimon bezni tekshirish uchun sababdir. Gap shundaki, gipotireoz ovulyatsiya va hayz davrini boshqaradigan gormonlar ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Shuning uchun qalqonsimon bezni tekshirtirish zarur. 5. Depressiya va tashvish Agar qalqonsimon bez juda ko‘p gormon ishlab chiqarsa, organizmning umumiy ritmi kuchayadi, asab tizimi stressni boshdan kechiradi va asabiylik hamda tashvishlanish kuzatiladi. Agar gormonlar juda kam bo‘lsa, haqiqiy depressiya alomatlarini boshdan kechirish mumkin. Shunday qilib, agar tashvish yoki tushkunlik kuchaysa, psixiatrga qo‘shimcha ravishda endokrinologga uchrashish kerak. 6.Teri va soch muammolari Gipotireozning yana ikkita muhim alomati- soch to‘kilishi va quruq teridir. Yozda ushbu alomatga duch kelishdan, ayniqsa ehtiyot bo‘lish kerak. Gap shundaki, metabolizm sekinlashishi bilan terlash ham kamayadi, buning natijasida teri kamroq namlanadi, quriydi va hatto tez suvsizlanadi. Shuning uchun bunday vaqtda krem va losonlar yordam bermaydi, yaxshisi endokrinolog bilan maslahatlashgan ma’qul.

  • 11 Noyabr, 16:30
  • Batafsil
not found

Endi sun’iy intellekt yordamida saratonni aniqlash mumkin bo‘ladi

Sun’iy intellekt yordamida saraton kasalligini erta aniqlash, tashxis qo‘yish va maxsus dori-darmonlar yordamida davolash amalga oshiriladi. Bu haqda Turkiya gematologiya assotsiatsiyasi professori Emin Kaya “Hurriyet” nashriga ma’lum qildi. Mutaxassisga ko‘ra, innovatsion sun’iy intellekt platformalari yordamida saraton hujayralari bir necha soniya ichida aniqlanadi. Natijada ushbu tizimlar qon namunalarida g‘ayritabiiy hujayralarni ajratishda sezgirlikni ta’minlaydi va ular 90 foizgacha aniqlik darajasi bilan an’anaviy usullardan ustun hisoblanadi. Bunday holatda shifokorlar tezroq qaror qabul qilishi va davolanishni eng erta bosqichda boshlashi mumkin, bu esa yuzlab bemorlarning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. “Kasallikni gematologiyada aniqlash uchun suyak iligi va limfa biopsiyalarini olib, mikroskopik tekshiruv hamda klinik xulosalar olinib, tashxis qo‘yamiz. Biz tashxisni ham to‘g‘ri, ham tez qo‘yishimiz kerak. Bu jarayon sun’iy intellekt ishga tushganda tezlashadi. Ayniqsa, hujayra ko‘payishi tez bo‘lgan leykemiya kabi saraton turlarida erta tashxis qo‘yish – bemorlarning davolanish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi”, deydi Emin Kaya. Ma’lum bo‘lishicha, klinik tadqiqotlarda CAR-T hujayra terapiyasi kabi maxsus davolash usullari sun’iy intellekt bilan ko‘proq amalga oshirilmoqda. Ayniqsa takrorlanuvchi saratonda qo‘llaniladigan ushbu usul bilan davolash jarayonlari bemorlar uchun yanada samarali bo‘la oladi. Sun’iy intellekt bemorlarning tuzalib ketish potensialini bashorat qilish orqali natijalarni optimallashtiradi. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida AQSHdagi Kolumbiya universiteti tadqiqotchilari immun tizimini saraton hujayralarini yo‘q qilishga o‘rgatadigan probiotik bakteriyalarni ishlab chiqqandi. Ushbu kashfiyot kelajakda nafaqat o‘simtalarga qarshi kurashadigan, balki kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini beradigan yangi turdagi saraton vaksinalarini yaratishga olib kelishi mumkin. Shuningdek, ushbu vaksinalar har bir bemorning kasallik xususiyatlarini hisobga olgan holda moslashtirilishi mumkin bo‘ladi.

  • 11 Noyabr, 10:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech