Yangiliklar

not found

Vengriya va O'zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida izlanishlar olib bormoqda

Vengriyaning yetakchi "Daily News Hungary" elektron nashrida "Vengriya universiteti Nobel mukofoti sovrindori kashf qilgan shifobaxsh o't asosida yangi "moʻjizaviy dori" ishlab chiqishi mumkin", sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA. "Shirin shuvoq ming yillar davomida xitoyliklar va yevropaliklar tomonidan ishlatilgan eng qadimgi o'simliklardan biridir. 2015-yilda xitoylik tadqiqotchi Tu Yuyu bezgakni davolashda 100 foiz samaradorlikni ko'rsatgan shirin shuvoqning faol komponentini ajratib olgani uchun tibbiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Endilikda Vengriya universiteti O'zbekiston bilan hamkorlikda ushbu o'simlikdan faol qo'shimchalarni yaratishni rejalashtirmoqda", – deb yozilgan maqolada. Vengriyaning "Világgazdaság" iqtisodiy nashri xabar berishicha, Debretsen universitetida yangi biologik faol moddalarni ishlab chiqish allaqachon boshlangan. Vengriya-O'zbekiston qo'shma ilmiy-tadqiqot, ishlanmalar va innovatsiyalar (R+D+I) loyihasi doirasida olimlar o'simlikdagi faol moddalar miqdori u yetishtiriladigan tuproq va ob-havo sharoitiga qarab qanday o'zgarishini o'lchamoqda. Ma'lum qilinishicha, faol moddalar ekstraktining samaradorligini o'rganish uchun hayvonlar ustida tajribalar o'tkazish rejalashtirilgan. Loyihaning o'zbekistonlik hamkori Toshkent farmatsevtika instituti, sanoat hamkori esa Vengriyaning "Meditop Pharmaceutical Ltd."  farmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi. "Vengriya-O'zbekiston hamkorligi doirasida mahsulot ishlab chiqarish allaqachon boshlangan. Debretsen universiteti farmatsiya fakulteti dekani Ildiko Backayning aytishicha, o'zbekistonlik hamkorlar universitetda faoliyat yuritayotgan sanoat parkiga o'xshash sanoat parkini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Loyiha har ikki davlat hukumatlari tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani bois, dekan hamkorlikni kengaytirish, jumladan, masalan, bakteriofaglar asosidagi dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarishni kengaytirish mumkinligiga umid qilmoqda", – deya ta'kidlangan nashrda. Qayd etilganidek, turli xalqlarning an'anaviy tibbiyotida shuvoqning yuzlab turlari keng qo'llaniladi. Misol uchun, amerikalik hindular isitmani tushirish uchun Artemisia ludovicianadan keng foydalanganlar. Ushbu o'simlik shuningdek, an'anaviy xitoy tibbiyotining bir qismidir.

  • 13 Mart, 11:47
  • Batafsil
not found

Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari ro‘yxatini tasdiqladi

Ro‘yxatga 34 ta xalqaro patentlanmagan dori vositalari va 117 ta tibbiy buyumlar kiritilgan. Shu bilan birga, ularni faqat majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan qo‘llash mumkin. Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tasdiqlandi. Tegishli buyruqni Sog‘liqni saqlash vaziri imzoladi. Hujjatga ko‘ra, ro‘yxatga O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilgan analoglari bo‘lmagan, tibbiyot amaliyotida qo‘llash va davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, biroq majburiy sertifikatlangan holda olib kirishga ruxsat etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar kiritilgan. Ro‘yxatga 34 nomdagi dori vositalari va 117 nomdagi tibbiy buyumlar kiritilgan. Mazkur buyruq 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. Quyida ba’zi dorilar keltirilgan: 1. Aflibersept (Aflibercept) - vena ichiga yuborish uchun eritma / intravitreal yuborish uchun eritma. 2. Sapropterin (Sapropterin) - tabletkalar 100 mg. 3. Burosumab (Burosumab) - inyeksiya uchun eritma 30 mg/ml. 4. Deflazakort (Deflazacorte) - tabletka 30 mg. 5. Miglustat (Miglustat) - kapsulalarda 100 mg dan. 6. Perampanel (Perampanel) - tabletkalar 2 mg, 4 mg, 8 mg, 10 mg. 7. Vigabatrin (Vigabatrin) - tabletkalar 500 mg; kukun 500 mg. 8. Modafinil (Modafinil) - 5 mg li tabletkalar. 9. Tetrakozaktid (Tetracosactide) - mushakga yuborish uchun suspenziya 1 mg/1 ml. 10. Mitomitsin (Mitomycin) - 10 mg, 20 mg inyeksion eritma tayyorlash uchun kukun.

  • 13 Mart, 08:51
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech