Yangiliklar

not found

SSV: Oʼzbekistonda immunobiologik preparatlar va onkologik kasalliklarni davolovchi dori vositalari ishlab chiqariladi

Аmrillo Inoyatov,Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vaziri: — Prezidentimizning Singapurga davlat tashrifi doirasida farmatsevtika yoʼnalishi boʼyicha ikkita kelishuv bitimi imzolandi. Ushbu mamlakatning “Meynxardt Grup” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan Loyihalashtirish va injiniring markazi bilan immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi, umumiy qiymati 49 million АQSh dollariga teng farmatsevtika korxonasi ochilishi belgilandi. Unga muvofiq, yurtimizda kasalliklar profilaktikasi va davolash jarayonida qoʼllaniladigan quyidagi preparatlar tayyorlash yoʼlga qoʼyiladi: -vaktsina, anatoksin, probiotik va eubiotiklar;-immunoglobulin va immun zardoblari, gen injenerligi yoʼli bilan olingan monoklonal antitanalar;-immun korrektsiyasi, immun tanqisligi muolajasi va profilaktikasida qoʼllaniladigan immunomodulyatorlar (interleykin, interferon, timus gormonlari, mielopeptidlar, oʼsma nekrozi omili, oʼsish omillari va boshqalar). Bundan tashqari, “SiPiDji Interneyshnl” kompaniyasi hamkorligida ochilayotgan Oʼzbekiston — Singapur investitsiya korxonasi bilan ildiz hujayralari asosida dori vositalari tayyorlovchi biofarmatsevtika kompleksini tashkil etishga qaratilgan qiymati 100 million dollarlik loyihani roʼyobga chiqarishga kelishildi. Maʼlumki, ildiz hujayralari oʼz-oʼzidan koʼpayish, mitoz yordamida boʼlinish va maxsus hujayralar hosil qilish, yaʼni turli aʼzo va toʼqimalarga aylana olish xususiyatiga ega. Zamonaviy tibbiy amaliyotda ulardan onkologik, xususan, leykoz kabi qator kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Ildiz hujayralari yordamida jarohat yoki degenerativ xastaliklar natijasida oʼzgarishga uchragan toʼqimalarni tiklash mumkin. Shu maʼnoda, loyihaning amalga oshirilishi tufayli onkologik kasalliklar muolajasi, koʼmik toʼqimalari transplantologiyasi hamda markaziy asab tizimi hujayralarini tiklashda qoʼllaniladigan biofarmatsevtik vositalar ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

  • 19 Yanvar, 14:42
  • Batafsil
not found

Indoneziyada 200 ga yaqin bola sirop isteʼmol qilishi ortidan vafot etdi

Indoneziyada 2022 yildan beri 200 ga yaqin bola sirop isteʼmol qilishi ortidan yuzaga kelgan oʼtkir buyrak shikastlanishi tufayli vafot etdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Rasmiylar oʼlimga paratsetamol asosidagi sirop tarkibida aniqlangan ikki xavfli tarkibiy qism: etilen glikol va dietilen glikol sabab boʼlganini maʼlum qildi. Indoneziyada bolalarning preparat qabul qilishi ortidan oʼlgani sababli yigirma beshta oila hozirda sogʼliqni saqlash va moliya vazirliklari, mamlakatning dori vositalarini tartibga soluvchi organi va kamida sakkizta farmatsevtika kompaniyasini sudga bergan. Bu oilalardan biri suddan 3,4 milliard rupiya (224 570 dollar) miqdorida tovon puli talab qilmoqda. Jakartadagi sudda qatnashayotgan 36 yoshli Solihaning aytishicha, uning 3 yoshli qiziga siropni isteʼmol qilganidan keyin oʼtkir buyrak shikastlanishi tashxisi qoʼyilgan va bir necha kundan keyin vafot etgan. Аyol hukumatning javobgarlikka tortilishini istashini bildirgan. «Аgar qizim dorini isteʼmol qilmaganida, balki yonimda boʼlarmidi. Umid qilamanki, preparat uchun javobgar boʼlgan barcha masʼullar siropdan vafot etgan va hali ham kasal boʼlgan bolalar uchun javobgardir», — deydi u. Moliya vazirligi va daʼvo arizasida koʼrsatilgan beshta farmatsevtika kompaniyasi vakillari holat yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan. Reuters nashri yana uchta kompaniya bilan bogʼlana olmagan. Indoneziya hukumati bir qator yoʼtal siroplari isteʼmolini taqiqlab qoʼygan va xavfli tarkibiy qismlar borligi aytilgan bir qancha farmatsevtika kompaniyalariga qarshi sudga daʼvo arizasi bergan.

  • 18 Yanvar, 10:19
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech