Yangiliklar

not found

“Tapendol” giyohvandlik vositasi Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritildi

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2023-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 399-son qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra,  “Tapendol” giyohvandlik  vositasining noqonuniy savdosi hamda isteʼmolini oldini olish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalarining roʻyxatiga kiritildi.  Bundan tashqari,  kuchli taʼsir qiluvchi moddalar  muomalasi bilan bogʻliq nazoratni kuchaytirish hamda ularni  oʻtkazishda tegishli tarzda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish maqsadida ularga TIF TN kodlari biriktirilmoqda. Ma’lumot uchun, “Tapentadol” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi bo‘lib, tibbiyotda o‘rtacha va og‘ir intensivlikdagi o‘tkir hamda surunkali og‘riq sindromida, operatsiyadan so‘ng va og‘riqli diagnostika jarayonlarida qo‘llanadi. Mazkur dori vositasini muntazam iste’mol qilish qaramlikni shakllantiradi.Uni notibbiy maqsadlarda suiiste’mol qilish nafas olish tizimining buzilishi, bosh miya shikastlanishi va ruhiy tushkunlikka tushish, anamnez holatida talvasa sindromi, jigar yetishmovchiligi, o‘t qopi patologiyasi va o‘tkir pankreatit, qon bosimining tushish holatlarini keltirib chiqaradi.2014 yilda BMTning giyohvandlik bo‘yicha ekspertlar qo‘mitasi tomonidan “Tapentadol” dori vositasining nazoratini kuchaytirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berilgan. Shuningdek Rossiya, Buyuk Britaniya, Kipr, Estoniya, Finlyandiya, Gretsiya, Latviya, Ispaniya va boshqa davlatlarda “Tapentadol” dori vositasi milliy nazorat ostiga olingan ro‘yxatlarga kiritilgan.

  • 24 Avgust, 15:22
  • Batafsil
not found

JSST har yili qancha odam ovqatdan zaharlanishini eʼlon qildi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, har yili 600 million odam ovqatdan zaharlanadi. Bu sayyoramizning deyarli har 10 aholisidan biri, degani. Ayni shu sabab bilan yiliga 420 ming kishi vafot etayotgani ham raqamlarda koʻrsatilgan. Koʻpchiligimiz uchun ovqatdan zaharlanish tezda oʻtib ketadigan, yengil holatdek koʻrinadi. Ammo dunyo boʻyicha aniqlangan raqamlar buni koʻrsatmayapti. Odatda, ovqatdan zaharlanish mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish oqibatida yuzaga keladi. Va ushbu holatning 40 foizi 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga toʻgʻri kelar ekan. Har yili 125 ming bola ana shu kasallikdan vafot etmoqda. Gap shundaki, kasallik keltirib chiqaradigan bakteriyalar, viruslar, parazitlar yoki zararli kimyoviy moddalarni oʻz ichiga olgan xavfli oziq-ovqatlar diareyadan saratongacha boʻlgan 200 dan ortiq xastaliklarga sabab boʻladi. Albatta, bular orasida diareya ovqatdan zaharlanishning eng keng tarqalgan koʻrinishi boʻlib, ushbu kasallik dunyo boʻyicha besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimining ikkinchi asosiy sababi hisoblanadi. Demak, vaziyat ancha jiddiy. Shunday ekan bunga beʼetibor boʻlmagan maʼqul. Xoʻsh, oziq-ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun uy sharoitida nimalarga eʼtibor berish kerak? Bu borada mutaxassislar bir qancha tavsiyalarni beradi. Jumladan, mahsulotlar, ayniqsa, tayyor yoki yarim tayyor mahsulotlarni saqlash muddatiga ahamiyat bering; goʻsht, baliq, yarim tayyor mahsulotlar, salatlarni muzlatgichda saqlang; xom va pishgan goʻsht, baliqlarni qayta ishlashda alohida kesish taxtalaridan foydalaning; xom mahsulotlarni toʻgʻrab boʻlgach, pichoqlarni yaxshilab yuving; sabzavot, meva va rezavorlarni yaxshilab oqar suvda yuvib, soʻng qaynoq suvda chaying; oshxona va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qiling.

  • 24 Avgust, 12:37
  • Batafsil
not found

Oʻzbekiston-Ozarbayjon forumida farmatsevtika yo‘nalishida muhim kelishuvlarga erishildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida Boku shahrida ikki mamlakatning 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi. Forumda energetika, metallurgiya, shaharsozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, shuningdek, neft va gaz sanoati hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilandi. Oʻzbekiston-Ozarbayjon investitsiyaviy kompaniyasi koʻmagida metall buyumlar, farmatsevtika mahsulotlari, maishiy texnika va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etish boʻyicha aniq takliflar bildirildi. 2022-yilda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 2,5 million dollarlik farmatsevtika mahsulotlari Ozarbayjonga eksport qilingan bo‘lsa, 2023-yilning birinchi yarim yilligida bu ko‘rsatkich 128 foizga oshgan. 2024-yilda eksport hajmini 4 million dollarga yetkazish kutilmoqda. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (O‘zbekiston) va Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi (Ozarbayjon) bilan farmatsevtika sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi. O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof qilindi. Shu maqsadda, Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni rag‘batlantirish agentligi - AZPROMO ikki davlat tadbirkorlarini jalb qilgan holda Ozarbayjonda insulin, antibiotiklar, yuqori texnologiyali tibbiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish takliflari bildirildi. O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi ikki davlat o‘rtasida manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi ushbu tashabbus va natijalar shubhasiz, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida farmatsevtika  sohasini rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.  

  • 24 Avgust, 08:55
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech