Yangiliklar

not found

Samarqandda IV Yevrosiyo farmatsevtika sammiti boʻlib oʻtmoqda

Global Pharmaceutical Leadersʻ Club tomonidan Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan IV Yevroosiyo farmatsevtika sammiti oʻz ishini boshladi. Bu Markaziy Osiyo, Kavkaz va Sharqiy Yevropa mamlakatlari farmatsevtika bozorlarining rivojlanish tendensiyalarini har tomonlama qamrab olgan yagona konferensiyadir. Oflayn sammitda 10 mamlakatdan farmatsevtika bozorining 250 dan ortiq yetakchi mutaxassislar va tartibga soluvchilar, farmatsevtika ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, distribyutorlar va dorixonalar tarmogʻidan 100 dan ortiq maʼruzachilar ishtirok etmoqdalar. Shuningdek, tadbirda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori boshchiligida barcha tizim tashkilotlari rahbarlari va masʼullari ishtirok etishmoqda. Sammit dasturi 20 dan ortiq sessiyalarni oʻz ichiga oladi, unda tartibga solish siyosati, davlat xaridlari, yorliqlash, narxlash, sotish, marketing va dori vositalarini ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Nazorat qiluvchi organlar ishtirokida davra suhbatlari va yetakchi farmatsevtika kompaniyalari top-menejerlari bilan birga-bir uchrashuvlar oʻtkaziladi. Bugungi kun tartibidan xalqaro miqyosdagi ekspertlar hamda yirik kompaniya va tartibga soluvchi organlarning vakillari bilan davra suhbatlari, muhokamalar, shuningdek, distribyutor va dorixona tarmoqlari mutaxassislari bilan yakkama-yakka uchrashuvlar joy olgan. Sammit doirasida Samarqand shahridagi dori vositalari tarqatish markazlari va dori ishlab chiqaruvchi korxonalarga tashriflar tashkil etiladi. Shuningdek, “Eurasian Pharma Awards“” tanlovi ham oʻtkaziladi. 

  • 26 Sentyabr, 15:00
  • Batafsil
not found

"SAMO” MCHJ korxonasining farmatsevtik faoliyati boʻyicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda

SSV huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan  “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan “SAMO” MCHJ korxonasida farmatsevtik faoliyat boʻyicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv davomida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, jumladan, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti davlat standartlariga, dori vositalarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va ulgurji realizatsiya qilish doirasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq boʻlish va korxona tomonidan majburiy rioya qilish shart boʻlgan litsenziya talab va shartlari boʻyicha holatlar oʻrganilmoqda. Shuningdek, Markazning akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalari tomonidan “Dori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamenti”ga muvofiq, “Antistrumin” dori vositasining xavfsizlik koʻrsatgichlari boʻyicha oʻrnatilgan tartibda tahlil jarayonlari ketmoqda. Avvalroq, Namangan viloyatida kamida 71 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani  maʼlum boʻlgach, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi 22-sentyabrdan “Antistrumin” №100 tabletkalaridan foydalanishga cheklov joriy qilgan edi. Andijon viloyati hokimligi “Antistrumin” preparatini qabul qilgan 12 nafar bola kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergandi.

  • 26 Sentyabr, 10:46
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech