Yangiliklar

not found

Olis va chekka hududlarga borib ishlayotgan shifokorlar qancha maosh oladi?

Bugun yurtimizda tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi oʼrni va maqomini kuchaytirish, ularning ijtimoiy muhofazasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilyapti. Xususan, soʼnggi paytlarda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga nisbatan kuch ishlatish holatlari tez-tez kuzatilayotgani sababli Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksida toʼgʼridan toʼgʼri javobgarlik belgilandi. Bunday holatlarda fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha; mansabdor shaxslarga esa – 7 dan 10 baravarigacha jarima solishga yoki oʼn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʼladi. Ushbu turdagi javobgarlik belgilanishi tibbiyot xodimlari huquqlarini himoya qilish va ularning kasbiy faoliyatiga turlicha aralashuvlarning oldini olish va fuqarolarga oʼz vaqtida va sifatli tibbiy yordam koʼrsatishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining oylik maoshi 3,3 barobarga oshirilib, ularning majburiy mehnatga jalb etilishiga chek qoʼyildi. Jumladan: 2022 yil 1 iyundan boshlab oliy va birinchi malaka toifalarga ega boʼlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari oylik lavozim maoshlari 15 foiz, ikkinchi malaka toifasiga ega boʼlgan va toifaga ega boʼlmagan, shuningdek boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining maoshlari 10 foiz, tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlarining oylik maoshlari esa 15 foizga oshirildi. Xususan, ayni paytda oliygohni yangi tamomlagan salohiyatli oilaviy shifokorning oʼrtacha oylik ish haqi ustamalar bilan birga 5,4 mln. soʼmni, ilmiy darajasi mavjud boʼlganda 6,2 mln. soʼmni, yangi ish boshlaganligi uchun qoʼshimchasi bilan 7,2 mln. soʼmni tashkil qilmoqda. Аgar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa, 9,2 mln. soʼm miqdorda maosh oladi.

  • 19 Sentyabr, 17:45
  • Batafsil
not found

Johnson & Johnson o`z logotipini va unga tegishli farmkompaniya nomini o'zgartiradi

Farmatsevtika giganti rebrendingni boshladi: u 136 yoshli kursiv logotipdan voz kechib, Janssen farmkompaniyasi nomini o‘zgartirmoqda. Medical Design & Outsourcing kompaniyasi bosh direktori Hoakin Duatoning LinkedIn postiga tayangan holda xabar berishicha, kompaniya hammuassisi Jeyms Vud Jonson imzosi asosidagi 136 yillik logotipini “zamonaviyroq logotip va yorqinroq qizil rangga almashtirda va shu bilan birga, ramziy ampersandini (&) saqlab qoldi". Kompaniya rahbarining soʻzlariga koʻra, ushbu oʻzgarish Johnson & Johnson kompaniyasining innovatsion dori vositalari va tibbiy texnologiyalarga eʼtibor qaratayotganini ta`kidlash uchun qaratilgan.Shu bilan birga, Janssen nomli Johnson & Johnsonga qarashli farmatsevtika kompaniyasi bundan buyon Johnson & Johnson Innovatsion Medicine sifatida ishlaydi. “Bitta ramziy nomning kuchi juda katta. Butun dunyo bo'ylab bemorlar, shifokorlar, hamshiralar va investorlar Johnson & Johnson kompaniyasini sog'liqni saqlash sohasidagi eng murakkab muammolarga yechim topish qobiliyati uchun tan olishgan. Bizning hayot haqidagi fanlar va tibbiy texnologiyalarga bo‘lgan eksklyuziv e’tiborimiz bizga sog‘liqni saqlashning butun spektri bo‘ylab, hujayra terapiyasidan tortib, sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlaydigan robotli jarrohlikgacha hech qanday kompaniya qila olmaydigan tarzda innovatsiyalar kiritish imkonini beradi”, dedi Duato. Qadimgi Johnson & Johnson logotipi 1887 yilda paydo bo`lgan bo`lib, tarixdagi eng qadimgi korporativ logotiplardan biri deb hisoblanadi.

  • 19 Sentyabr, 12:01
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech