Yangiliklar

not found

Tungi smenada ishlash xotira yoʼqolishi xavfini oshiradi – tadqiqot

Kanadalik olimlar oʼtkazgan tadqiqotga koʼra, tunda ishlash oʼrta yosh va undan keyingi davrda xotira yoʼqolishi xavfiga sabab boʼlishi mumkin. Bu toifadagi odamlarda kognitiv buzilishlar 79 foizgacha yuqori boʼladi. York universiteti olimlari oʼtkazgan tadqiqotda smenada ishlash va kognitiv funktsiya buzilishi oʼrtasida bogʼliqlik borligi aniqlandi. Bunda 47,8 ming kishining maʼlumotlari va ularning ish joylari haqida maʼlumotlar oʼrganilgan. Ishtirokchilardan kognitiv funktsiyaga oid testlar olingan. Mutaxassislarga koʼra, smenali ish sabab kishilarning uyqu ritmi buzilishi oʼrta yoshga borib kognitiv holatga taʼsir qiladi. Inson tanasidagi har bir hujayra sirkadiyalik soati boʼyicha (organizmning 24 soat boʼyicha tabiiy harakati) harakatlanadi. Bunda harakat quyosh sikli boʼyicha boshlanadi. Quyosh nurining haddan ortiq koʼpligi yoki kamligi bu ritmning buzilishiga sabab boʼlishi mumkin. Tungi smenada ishlovchilarning asosiy muammosi ham shu. Insonning sirkadiyalik soati juda koʼp muhim tana vazifalari uchun budilьnik vazifasini bajaradi. Bular: uyqu sikli, gormonal harakat, tana harorati, ovqatlanish va hazm qilish kabilar. Har bir inson tungi vaqtda kamida 7 soat uxlashi kerak. Lekin statistikaga koʼra, amerikaliklarning deyarli yarmi meʼyor darajasida uxlamaydi. Tungi uyquning buzilishi va sirkadiyalik ritmiga amal qilmaslik boshqa xronologik kasalliklar, shuningdek, semizlikka ham sabab boʼlishi mumkin. 

  • 29 Avgust, 19:53
  • Batafsil
not found

Saratonga qarshi yangi dori miya shishi boʻlgan bolalarning umrini ikki baravar oshiradi

Michigan jamoat salomatligi universiteti va Chad Karr bolalar miya shishi markazi olimlari saratonga qarshi yangi ONC201 preparati agressiv miya shishi boʻlgan bolalarning omon qolish darajasini deyarli ikki baravar oshirishi mumkinligini aniqladilar. Ularning ilmiy ishlari Cancer Discovery (CD) jurnalida chop etilgan. Preparat H3 K27M mutatsiyasiga ega diffuz median gliomali bolalarda sinovdan oʻtkazildi. 71 bemor ikkita klinik sinovda ishtirok etdi. Bemorlarning deyarli uchdan bir qismi 2 yildan koʻproq umr koʻrdi, ularning qolgan umri 11-15 oy ekanligi aytilgandi.  Koʻpincha diffuz oʻrta chiziqli gliomalar bolalar va yoshlarda uchraydi. Kimyoviy usul bilan davolash  yagona davolash usulidir, lekin u har doim ham samarali emas, chunki u miyaning muhim funksiyalari boʻlgan hududlariga zarar etkazishi mumkin.   Olimlarning taʼkidlashicha, ONC201 preparati oʻsimta hujayralariga kirib, ularning mitoxondriyalariga, hujayra energiyasini ishlab chiqarish uchun masʼul boʻlgan tuzilmalarga taʼsir koʻrsatdi.  Natija: Bemorlarda saraton hujayralari tomonidan ajratilgan L-2HG miqdori koʻpaygan, bu ularning boʻlinishini sekinlashtirgan. Boshqacha qilib aytganda, preparat aslida H3K27M mutatsiyasining taʼsiriga qarshi chiqdi.  “Bu davolash nihoyatda qiyin oʻsimta. Bu oʻsimtani davolash uchun 250 dan ortiq klinik sinovlar oʻtkazilgan, ammo natijalarni yaxshilay olmagan ", deydi tibbiyot fanlari doktori, bolalar neyro-onkologiyasi dotsenti va Chad Carr bolalar miya shishi markazining klinik ilmiy direktori Karl Koshmann. 

  • 29 Avgust, 09:24
  • Batafsil
not found

Homiladorlik davrida kaltsiy: qaysi dori yaxshiroq

Kalsiy juda muhim moddadir. U tananing deyarli barcha metabolik jarayonlarida ishtirok etadi, qon ivishiga taʼsir qiladi. Bundan tashqari, bu mineral nerv impulslarini uzatishda, maʼlum biologik faol moddalarni ishlab chiqarishda ishtirok etadi va suyak toʻqimasini shakllantirish jarayonlarini tartibga soladi. Kalsiy mushaklarning qisqarishiga, yurak-qon tomir tizimining ishiga ham taʼsir qiladi.  Homilador ayol uchun kalsiyni isteʼmol qilish zarurati shifokor tomonidan individual ravishda belgilanishi kerak. Faqatgina mutaxassis kerakli dozani, shuningdek davolanish muddatini  toʻgʻri tavsiya qilishi mumkin.  Zamonaviy tavsiyalarga koʻra, boʻlajak ona kuniga taxminan 1300-1400 milligramm kalsiyni isteʼmol qilishi kerak.  Tavsiya etiladigan dorilar  Bugungi kunga kelib kalsiy vitamin va mineral komplekslarning bir qismi sifatida kukunlar, tabletkalar va boshqa bir nechta shakllarda mavjud. Koʻpincha homilador ayollarga ushbu mineralning sitrat yoki kalsiy karbonat kabi shakllarini oʻz ichiga olgan dori vositalari buyuriladi. Koʻpgina hollarda kalsiy sof shaklda ishlab chiqarilmaydi, balki boshqa muhim vitaminlar, makro va mikroelementlar bilan toʻldiriladi.  Mashhur kalsiy dori vositalari:  - kalsiy, vitamin D3, sink, mis, marganesni  oʻz ichiga olgan tabletkalar; - kalsiy sitrat va D3 vitamini oʻz ichiga olgan tabletkalar; - kalsiy karbonat va laktoglyukonatli kalsiy tabletkalar; - V6 va D3 vitaminlari, retinol, askorbin kislotasi,  digidrat gidrofosfatni oʻz ichiga olgan kompleks; - faqat kalsiy glyukonatni oʻz ichiga olgan tabletkalar va boshqalar.

  • 29 Avgust, 09:15
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech