Yangiliklar

not found

Oftob urganda...

Jazirama faslda oftob urishi eng koʼp uchraydigan holatlardan biri. Quyosh urishi — xavfli holat boʼlib, u tashqi termal omillar taʼsirida organizmning umumiy qizib ketishi va haroratni meʼyorda ushlab turish qobiliyatini yoʼqotishi natijasida yuzaga keladi. Uning asosiy belgilari quyidagilar: - Kuchli bosh ogʼrigʼi;- Terlashning toʼxtashi, teri quruq va qizargan boʼlishi;- Tez va kuchli yurak urishi;- Tez-tez nafas olish;- Oʼtkir nafas qisishi;- Bosh aylanishi;- Koʼngil aynishi va qayt qilish. ❗️Ogʼir holatlarda esa bemorda alahsirash kuzatiladi. Tana harorati, hatto, 41-42 darajagacha koʼtarilishi, chuqur behushlik holati kuzatilishi mumkin. Bunday paytda bemorni, eng avvalo, salqin joyga koʼchirib oʼtkazish lozim. Soʼng gorizontal holda yotqizilib, oyoqlarini sal koʼtarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va biror xoʼllangan matoni yurak sohasiga qoʼyish kerak. Shuningdek, unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Sababi quyosh urgan insonga shoshilinch tibbiy yordam koʼrsatish zarur. Issiqlik urishining oldini olish uchun:- Suvsizlanishning oldini olish uchun kuniga 3 litr miqdorda suyuqlik ichish (sovutilgan koʼk choy, gazsiz mineral suv, mevali, kam yogʼli sutli ichimliklar) lozim. - Toʼgʼri tushadigan quyosh nurlaridan saqlanish, undan himoyalovchi koʼzoynaklar hamda soyabonlardan foydalanish kerak. - Koʼchaga chiqayotganda ochiq rangli tabiiy matodan tikilgan yengil liboslar va issiqdan saqlaydigan bosh kiyim kiyish zarur. Chunki ular organizmni sovutish va ulьtrafinafsha nurlardan himoyalashga yordam beradi. Yosh bolalar, keksa kishilar va surunkali xastaliklar (yurak-qon tomir, endokrin, nafas olish aʼzolari, metobolik va ruhiy xastaliklar) bilan ogʼriydigan bemorlar issiqlik urishiga koʼproq moyil. Shu sababli ular salomatligini muntazam kuzatib borish muhim. 

  • 18 Iyun, 12:00
  • Batafsil
not found

Sifat sertifikatiga ega boʼlmagan dori vositalarini noqonuniy savdoga chiqarilishining oldi olindi

1949 y.t. fuqaro va uning 1979 y.t. oʼgʼlini Olmazor tumanidagi yashash manzili koʼzdan kechirilganda, xonadon yertoʼlasida umumiy qiymati 1 mlrd soʼmdan ortiqni tashkil etuvchi “Trenaksa”, “Sumamigren”, “Femileks” kabi jami 72 nomdagi 3615 quti dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi, deya xabar bermoqda DXX. Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ota-bolalar mamlakatimizga noqonuniy olib kelingan bunday dori vositalarini muntazam ravishda vodiy viloyatlaridan arzon narxda xarid qilib, poytaxtdagi mijozlarga sotish bilan shugʼullanishgan. “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining xulosasiga koʼra, ushbu dori vositalari davlat reestrida qayd etilmagan, muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan hamda ularni maxsus sharoitlarda saqlashning belgilangan qoidalariga amal qilinmagan. Shu sababli mazkur dori vositalarini yurtimizda saqlash, sotish, tashish va tibbiyotda qoʼllash taqiqlanadi. Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25 orqali 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur yoʼnalishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahridagi dorixonalardan birida sotish uchun saqlab kelinayotgan, shubha uygʼotuvchi 456 turdagi 57407 dona dori vositalari, 18 turdagi 835 dona dori vositalarining yasama boʼsh qutilari hamda 1 dona dori tayyorlash moslamasi mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi. Mutaxassislarning xulosasiga koʼra, dori vositalarning umumiy qiymati 3,5 mlrd soʼmni tashkil qiladi. Shuningdek, ushbu dori vositalarining 160 turdagisi davlat reestrida qayd etilmaganligi, 274 turdagisiga muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligi, 50 turdagisi sifatsiz, yaroqlilik muddati oʼtgan hamda 7 turdagisi esa qalbakilashtirilganligi maʼlum boʼldi. Holat yuzasidan dorixona mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 prim 3-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

  • 18 Iyun, 09:00
  • Batafsil
not found

2024-yilda eng koʼp maosh olgan farm kompaniya rahbarlari nomi eʼlon qilindi

Fierce Pharma 2024 yilda eng koʼp maosh olgan yirik farmatsevtika kompaniyalari bosh direktorlarining yillik reytingini eʼlon qildi. Roʼyxatda Germaniyaning BioNTech kompaniyasi asoschisi va bosh direktori, shifokor-immunolog, Ugʼur Shahin yetakchilik qilmoqda. U barcha raqiblarini ortda qoldirib, toʼqqiz raqamdan iborat ajoyib summa - 265 million yevro (287 million dollar) oldi. Reytingda ikkinchi oʼrin yana Eli Lilly rahbari Devid Riksga nasib etdi. U kompaniyada faoliyat yuritayotganiga 25 yildan oshdi. Marketing, sotuv, giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va xalqaro operatsiyalar boʼyicha tajriba orttirgan Devid 2017 yil yanvarь oyida kompaniyaning bosh direktori boʼldi va shu yilning iyunь oyidan boshlab kompaniyaning direktorlar kengashi raisi etib saylandi. Riks oʼtgan yili 29,2 million dollar maosh oldi, bu 2023-yilda olgan 26,6 million dollardan 10 foizga koʼp. Pfizer kompaniyasi raisi va bosh direktori Albert Burlak oʼtgan yilgi hisobotda yettinchi oʼringa keskin pasayishdan soʼng reytingda uchinchi oʼringa qaytdi. Kompaniya COVID-19 bilan bogʼliq muvaffaqiyatli yillardan keyin qiyin oʼtish davrini boshdan kechirayotgan boʼlsada, 2024 yilda bosh direktorning ish haqi 14 foizga oshgan. Oʼtgan yilgi kabi 2024 yilgi roʼyxatdagi yagona ayol Bostonda joylashgan Vertex Pharmaceuticals biotexnologiya kompaniyasi prezidenti va bosh direktori Reshma Kevalraman. U 2020 yilda Vertex boshqaruvini egallagan. U kompaniya bosh direktori boʼlgan davrida kompaniya savdosi 2020-yildagi 6,2 milliard dollarlik bazadan qariyb 77 foizga oʼsdi. Reshmaning 2024 yildagi maoshi 21,54 mln dollar. Avvalroq Fierce Pharma 2024 yil uchun biofarmatsevtika sanoatidagi eng yirik kompaniyalar reytingini taqdim etgan edi.

  • 17 Iyun, 15:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech