Yangiliklar

not found

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan dunyodagi ilk vaksina kelajakda pandemiyalarning oldini olishi mumkin

University of Cambridge tadqiqotchilar jamoasining ta’kidlashicha, bu vaksina tarkibidagi asosiy komponent to‘liq sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan va keyinchalik insonlarda sinovdan o‘tkazilgan ilk holatdir. Vaksina barcha koronavirus turlariga qarshi kurashish uchun yaratilgan bo‘lib, u COVID-19ning barcha variantlarini, shuningdek hayvonlar orasida tarqalayotgan va kelajakda yangi kasalliklar avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan viruslarni ham qamrab oladi, deb xabar berdi Kazinform. Loyiha hozircha dastlabki bosqichda bo‘lsa-da, jamoa allaqachon gripp va Ebolaga qarshi kurasha oladigan alohida vaksinalarni ishlab chiqyapti. Olimlarning tushuntirishicha, viruslarning mutatsiyaga uchrash qobiliyati sababli vaksinalar tezda eskirib qolishi mumkin. Shuning uchun COVID-19 va mavsumiy grippga qarshi vaksinalarni muntazam yangilab borish talab etiladi. Yangi yondashuvning maqsadi — faqat mavjud shtammlarga emas, balki kelajakda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan viruslarga qarshi ham himoya yaratish orqali oldindan chora ko‘rishdir. Odatda vaksinalar virusning mavjud shtammi asosida ishlab chiqiladi. Ushbu tadqiqotda esa olimlar epidemiologik kuzatuv dasturlari doirasida aniqlangan ko‘plab koronaviruslarning genetik ma’lumotlarini to‘pladilar. Bu genetik kodlar sun’iy intellekt tomonidan tahlil etildi. Shundan so‘ng sun’iy intellekt vaksinaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblangan «superantigen»ni ishlab chiqdi. U immun tizimini shunday o‘rgatadiki, natijada organizm viruslar butun oilasiga qarshi himoya hosil qila oladi — hatto ular mutatsiyaga uchrasa yoki yangi infeksiya hayvonlardan insonlarga yuqsa ham.

  • 8 Iyun, 17:30
  • Batafsil
not found

Dori vositalarining nojoʻya taʼsirlari haqidagi xabarlar qanday tartibda oʻrganiladi?

Dori vositalarining farmakologik nazorati va tibbiy jihozlarning xavfsizligi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra, dori vositasini qoʻllash jarayonida nojoʻya taʼsir kuzatilsa, bu holat vakolatli organ tomonidan oʻrganib chiqiladi. Inson hayotiga xavf tugʻdirgan yoki oʻlim bilan bogʻliq holatlar 30 kun ichida, boshqa holatlar esa 60 kun ichida tahlil qilinadi. Tekshiruv davomida mutaxassislar: - kelib tushgan xabarlarni roʻyxatga oladi va tekshiradi; - nojoʻya taʼsir haqidagi maʼlumotlarni maxsus bazalarga kiritadi; - ushbu holat avval ham kuzatilgan yoki yoʻqligini aniqlaydi; - shifoxonalar, dorixonalar va dori ishlab chiqaruvchilardan qoʻshimcha maʼlumotlar oladi; - zarur hollarda dori namunalarini laboratoriyada tekshiradi; - xalqaro ilmiy manbalar va maʼlumotlar bazalarini oʻrganadi; - nojoʻya taʼsir dori vositasi bilan bogʻliq yoki bogʻliq emasligini baholaydi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: - Agar nojoʻya taʼsir yengil boʻlib, dori yoʻriqnomasida koʻrsatilgan va inson sogʻligʻi uchun jiddiy xavf tugʻdirmasa, dori vositasi farmakologik nazorat doirasida kuzatuvda qoldiriladi. - Agar nojoʻya taʼsir bilan dori vositasi oʻrtasida bogʻliqlik aniqlansa, uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish tavsiya etiladi. - Agar xavfni kamaytirish imkoni boʻlsa, dori vositasining xavfsizligini yanada chuqurroq oʻrganish uchun qoʻshimcha tadqiqotlar oʻtkazish tavsiya qilinadi. - Agar dori vositasining xavfsizligi yoki samaradorligi boʻyicha jiddiy muammolar aniqlansa, uning muomalada boʻlishi cheklanishi, vaqtincha toʻxtatilishi yoki bozordan chiqarilishi mumkin. Bu tartib aholi salomatligini muhofaza qilish va xavfsiz dori vositalaridan foydalanishni taʼminlashga qaratilgan.

  • 5 Iyun, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech