News

not found

"Elektron retsept" tizimi joriy etiladi

“Sogʼliqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Prezident qarori (PQ–140-son, 01.05.2023 y.) qabul qilindi. Oʼzbekiston va “KfW” banki oʼrtasida “Raqamli sogʼliqni saqlash islohotlarini qoʼllab-quvvatlash” loyihasi uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 million yevro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 million yevro miqdorida grant bitimi imzolangan. Qarorga koʼra, Sogʼliqni saqlash vazirligi loyihani oʼz vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish boʼyicha masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Qarz mablagʼlarini qaytarish respublika byudjeti mablagʼlari hisobidan qoplanadi. Qarorga muvofiq, loyihani oʼz vaqtida va samarali amalga oshirish uchun Raqamli sogʼliqni saqlash tizimini boshqarish loyiha ofisi tashkil etiladi. Shuningdek, qarorga koʼra: - loyiha doirasida joriy etilayotgan axborot tizimlaridan foydalanish boʼyicha litsenziyalar uchun toʼlovlar ularni joriy etish xarajatlari tarkibiga kiritiladi hamda ular axborot tizimi amaliyotga toʼliq joriy etilgandan soʼng kamida 5 yil mobaynida amal qiladi; - loyihani amalga oshirish jarayonida iqtisod qilingan mablagʼlar ustuvor ravishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini raqamlashtirish hamda kompьyuter texnikasi vositalarini xarid qilishga yoʼnaltiriladi. Qaror bilan 2023–2025 yillarda sogʼliqni saqlash tizimini raqamlashtirish boʼyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Chora-tadbirlar rejasida, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan: ➖ “Elektron retsept” (reimbursatsiya) tizimini joriy etish; ➖ Sanatoriylarga yoʼllanma olish, navbatni kuzatish va mavjud boʼsh oʼrinlarni koʼrish imkoniyatini beradigan “Elektron sanatoriy” platformasini ishlab chiqish; ➖Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning elektron roʼyxatini yuritishga moʼljallangan “Cancer-registr” axborot tizimini joriy etish; ➖Ona va bola salomatligi pasportining elektron tizimini yaratish; ➖Yagona portal orqali vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari maʼlumotnomalarini olish imkoniyatini yaratish.

  • 2 May, 11:32
  • Read more
not found

Dori vositalari narxlarining sunʼiy ravishda oshirilishini oldini oluvchi yangi axborot tizimi ishlab chiqildi

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʼmitasi tomonidan «FAIR TECH» yagona axborot tizimi doirasida alohida modul ishlab chiqildi. Bundan koʼzlangan asosiy maqsad isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va farmatsevtika sohasida qonunchilik meʼyorlarining isteʼmolchi foydasiga ishlashini interaktiv usullarda nazorat qilishdan iborat. Ushbu yangi tizim boʼyicha murojaatlarni koʼrib chiqish onlayn tarzda tezkor amalga oshiriladi hamda korruptsiyani keltirib chiqarishi mumkin boʼlgan holatlar oldi olinadi. Shuningdek, sohada yangi yoʼnalish sifatida isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplashning taʼsirchan mexanizimi joriy etiladi. Bunining huquqiy asosi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26-oktabrdagi PQ-411- sonli «Аholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq belgilangan. Yangi tartibga koʼra, 2023 yil 1 maydan isteʼmolchilar tomonidan dorixonalarda xarid qilingan dori vositalari va tibbiy buyum xarid cheklarning QR-kodi «Soliq» mobil ilovasida roʼyxatdan oʼtkazilganda belgilangan ustamalardan ortiqcha mablagʼ olinganligi aniqlansa, avtomatik ravishda Raqobat qoʼmitasiga xabar yuborilib, ortiqcha olingan mablagʼni isteʼmolchiga qaytarish tizimi ishga tushirilmoqda. Hozirda tarmoq Soliq qoʼmitasi hamda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining elektron tizimlari bilan oʼzaro integratsiya qilingan va hamkorlikdagi oʼzaro maʼlumotlar almashinuvi boʼyicha ishlaydi. Sifatli monitoring tizimini samarali ishlashi hamda texnik jihatdan ishlarni tezkor va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Raqobat qoʼmitasining hududiy boshqarmalari planshetlar bilan taʼminlandi. Maʼlumot uchun, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Аholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi (30.10.2016 yildagi PQ-2647-sonli) qaroriga muvofiq, dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qatʼiy nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq boʼlmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qoʼllash tartibi belgilangan.

  • 1 May, 14:30
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech