News

not found

Statsionarlar dori vositalari bilan qanday taʼminlanadi

Davlat tibbiy sugʼurta jamgʼarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlandi (Sogʼliqni saqlash vazirligi buyrugʼi, roʼyxat raqami 3438, 31.05.2023 y.). Davlat tibbiy sugʼurtasi jamgʼarmasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash shifoxona orqali amalga oshiriladi (Prezidentning 26.10.2022 yildagi PQ-411-son qarori). Bunda, alohida holatlarda shifoxonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Bemorlarni davolash uchun talab etiladigan dori vositalarining toʼliq hajmda xarid qilinishini taʼminlash uchun shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi boʼyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Shuningdek, shifoxonalar tomonidan birlamchi zarur boʼladigan zaxiraning Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʼlar hisobidan shakllantirilishi nazarda tutilmoqda. Respublika darajasidagi davlat shifoxonalarida bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash tartibi toʼgʼrisidagi nizom quyidagi normalarni oʼz ichiga oladi: ➖ tibbiyot muassasalarida dori vositalari va tibbiy buyumlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlash; ➖ dori vositalari va tibbiy buyumlarni xarid qilish va saqlash; ➖ bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash. Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 02.06.2023 yildan kuchga kirdi.

  • 8 June, 09:02
  • Read more
not found

Oʼzbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan — Teshaboev

Oʼzbekistonda soʼnggi 5 yil ichida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq boʼlgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Yaqin yillarda Oʼzbekistonda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish va oʼzbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizgacha yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Oʼzbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʼrinbosari Xurram Teshaboev Toshkentda boʼlib oʼtgan Ikkinchi xalqaro farmatsevtika forumida maʼlum qildi. “Oʼzbekistonda soʼnggi 5 yil ichida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq boʼlgan 100 dan ortiq yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Shu bilan birga, ularning 65 tasi xorijiy investorlar ishtirokida yaratildi. Natijada farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2,5 barobarga, eksport 5 barobarga oshdi. Hozir sanoatda 7000 dan ortiq ishchi band qilingan. Soʼnggi yillarda Oʼzbekiston oʼsimlik xomashyosi asosida 30 ga yaqin original yuqori samarali dori vositalari ishlab chiqildi. Keyingi yillarda bu farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish va oʼzbek dori vositalarining bozordagi ulushini 80 foizga yetkazish rejalashtirilgan”, — dedi Xurram Teshaboev. II Xalqaro farmatsevtika forumi Oʼzbekiston, Rossiya, Qozogʼiston, Tojikiston, Belarusь va boshqa mamlakatlar farmatsevtika sanoati yetakchilarini birlashtiribgina qolmay, farmatsevtika bozorining dolzarb masalalarini muhokama qilish, fikr, tajriba almashish maydoni boʼldi.

  • 7 June, 09:00
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech