16:50 (28.03.2024)

454

Ertaga Toshkent shahrida “Аvtomobilsiz kun” aktsiyasi oʼtkaziladi

29 mart kuni Toshkent shahrida “Аvtomobilsiz kun” tadbiri oʼtkaziladi.

Bu Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi “Oʼzbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʼllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi. "Аvtomobilsiz kun" har oyning bir ish kunida oʼtkaziladi.

Ekologiya vazirligining bildiruviga koʼra, mazkur aktsiyadan maqsad sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

Vazirlik barchani ushbu tadbirga befarq boʼlmaslikka, shaxsiy avtomobillar oʼrniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirmoqda

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech