11:59 (25.04.2024)

358

Antibiotiklar va gormonlar OʼRVIni standart davolashdan butunlay chiqarib tashlandi

Rossiya Sogʼliqni saqlash vazirligi oʼtkir respirator virusli infektsiyalar (O`RVI) boʼyicha kattalar uchun tibbiy yordam standartini yangiladi. Yangi standartdagi dori vositalari roʼyxati 61 tadan 33 tagacha qisqartirildi, antibiotiklar va kortikosteroidlar butunlay chiqarib tashlandi.

Rossiya Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan oʼtkir respiratorli virusli infektsiyalar bilan kasallangan katta yoshli bemorlarga tibbiy yordam koʼrsatish standarti tasdiqlandi, oʼzgartirishlar 2024 yil 18 martdagi 127n-son buyrugʼi bilan tasdiqlangan, 22 aprelda roʼyxatga olingan.

Hujjat bilan vazirlikning 2012-yil 7-noyabrdagi “Ogʼir darajadagi oʼtkir respirator virusli infektsiya uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam standartini tasdiqlash toʼgʼrisida"gi 657n-son buyrugʼi bekor qilingan. Yangi tartib OʼRVIni ogʼirlik darajasini koʼrsatmasdan tashxis qoʼyish va davolashni tartibga soladi. Shu munosabat bilan eski tartibda koʼrsatilgan antibiotiklar va kortikosteroidlar yangi hujjatda koʼrsatilmagan.

Oʼz kuchini yoʼqotgan standartda dorilar nomi yozilgan 61 ta band, jumladan levofloksatsin, sefoperazon, gentamitsin va boshqalar antibiotiklar mavjud edi. Yangi buyruqda 33 ta nomdagi dori vositalari kiritilgan boʼlib, ular virusga qarshi kagotsel, riamilovir, umifenovir va tiloron, yalligʼlanishga qarshi ibuprofen va ogʼriq qoldiruvchi paratsetamolni oʼz ichiga oladi.

Yangi va eski standartda keltirilgan dori-darmonlar roʼyxatida faqat toʼqqizta band mos keladi:

- imidazoliletanamid pentandioik kislota,
- tiloron,
- meglyumin akridonatsetat,
- ibuprofen,
- diazepam,
- natriy xlorid,
- ambroksol,
- atsetiltsistein,
- xloropiramin.

Bundan tashqari, kuchini yoʼqotgan tartibda faqat bitta nozologiya koʼrsatilgan, yangi roʼyxat 22 ta dandga kengaytirilgan. Bemor qabulga kelishi mumkin boʼlgan shifokorlar roʼyxati ham beshtadan sakkiztaga oʼzgartirildi. Shu bilan birga, laboratoriya tadqiqot usullari roʼyxati 30 tadan 11 taga qisqartirildi. Davolash muddati 15 kundan yetti kungacha qisqartirildi, ambulator yordam koʼrsatish shartlari qoʼshildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech