14:51 (26.04.2024)

327

JSST: Emlash yarim asr davomida 150 milliondan ortiq odamning hayotini saqlab qoldi

Tashkilot tadqiqotlariga koʼra, hayoti qutqarib qolinganlarning katta qismi – 101 millioni chaqaloqlar hisoblanadi.

50 yil davomida emlash taxminan 154 million kishining hayotini saqlab qoldi. Bu dunyoda chaqaloqlar oʼlimining 40 foizga qisqarishiga yordam berdi, deb yozadi «TАSS» Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti tadqiqotiga tayanib.

Tadqiqot mualliflarining taʼkidlashicha, emlash har qanday tibbiy aralashuvning bolalarning nafaqat birinchi tugʼilgan kunini koʼrishi, balki kattalar kabi sogʼlom hayot kechirishini taʼminlashga qaratilgan eng katta hissasidir.

Qizamiqga qarshi emlash bolalar oʼlimini kamaytirishga eng katta taʼsir koʼrsatdi. Bu emlash orqali saqlanib qolgan hayotlarning 60% ni tashkil qiladi.

Soʼnggi 50 yil ichida difteriya, gepatit B, qizamiq, koʼk yoʼtal va poliomielit kabi 14 ta kasallikka qarshi emlash butun dunyo boʼylab chaqaloqlar oʼlimini 40 foizga, Аfrika mintaqasida esa 50 foizdan koʼproqqa kamaytirishga bevosita hissa qoʼshdi.

JSSTning taʼkidlashicha, poliomielitga qarshi emlash tufayli, aks holda falaj boʼlib qoladigan 20 milliondan ortiq odam endi yurishi mumkin va dunyo poliomielitni butunlay yoʼq qilish arafasida.

1974 yildan beri hayoti saqlab qolingan taxminan 154 mln. kishidan 94 millionga yaqini qizamiqga qarshi vaktsinalar bilan himoyalanish natijasi hisoblanadi.

Aholini qizamiq epidemiyasidan himoya qilish uchun 95% qamrab olish kerak. Hozirgi vaqtda vaktsinaning birinchi dozasi uchun global qamrov darajasi 83%, ikkinchi dozasi bilan esa qamrov 74% ni tashkil qiladi.

“Doimiy tadqiqot, sarmoya va hamkorlik bilan biz bugun va keyingi 50 yil ichida millionlab odamlarning hayotini saqlab qolishimiz mumkin”, deydi JSST Bosh direktori.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech