Yangiliklar

not found

Eng ulug‘ va eng aziz bayram munosabati bilan bir guruh Vatandoshlarimizga davlat mukofotlari topshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan yurtimiz rivoji yo‘lida mehnat qilayotgan, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Ona-Vatanga sodiqlik ruxida tarbiyalashda sermahsul mehnat qilib kelayotgan bir qator vatandoshlarimizni mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, mustaqilligimizning o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi va so‘nggi yillari hurmatli Prezidentimizning rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar haqida gapirib o‘tdi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asos mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan mukofotlangan Vatandoshlarimizga orden, medal va faxriy unvonlar topshirildi. O‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prezidiumi qaroriga muvofiq, yurtimizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimizning obod turmushini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona mehnatlari, jamiyatimizda millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni Vatanni sevish va mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruxida tarbiyalash hamda ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar va ko‘krak nishonlari, Jo‘qorg‘i Kengesning Faxriy Yorlig‘i bilan taqdirlandi. Xususan, "Qoraqalpoq Dari-Darmak" MCHJ 2- maxsus bo‘limi provizor inspektori G.Xojamuratova «Ibratli hayal» (Ibratli ayol) ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

  • 4 Sentyabr, 12:00
  • Batafsil
not found

Dori isitmasi haqida eshitganmisiz?

"Kelib chiqishi noma’lum isitma " atamasi klinik amaliyotda tez-tez uchraydigan vaziyatlarni bildiradi. Ba’zida noma’lum kelib chiqadigan isitma sindromi dori ta’siri bilan bog‘liq bo‘lib, dori isitmasi deb ataladi. Dorilar nojuya reaksiyalarining 3-5% ni isitma tashkil qiladi va ko‘pincha yagona yoki asosiy asoratdir. Dori isitmasi organizmning qabul qilingan ma’lum preparatlarga nisbatan javob reaksiyasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan asosan o‘zboshimchalik bilan, shifokor tavsiyasisiz turli dori-darmonlarni qo‘llovchilar aziyat chekishi ehtimoli katta. Dori isitmasi preparatni qo‘llashning 7-10-kunlaridan boshlanadi. Asta-sekin o‘sib boruvchi doimiy yoki remitatsion turdagi isitma 39 — 40 darajaga ko‘tariladi va uni keltirib chiqargan dori ichish to‘xtatilgunga qadar davom etadi. Tana harorati ko‘tarilganda, ko‘pincha titroq kuzatiladi. Qon tarkibida eozinofillar (leykotsitlar) soni ortib ketishi kuzatiladi. Biroz vaqt o‘tgach, isitma bemorning preparatga yuqori sezuvchanligiga xos bo‘lgan boshqa belgilar bilan birga keladi: qizamiqqa o‘xshash toshma, purpura, katta-katta toshmalar. Og‘irroq asoratlarning rivojlanishi kamroq uchraydi - fokal nekrozli arterit, eksfoliativ dermatit, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya va boshqa reaksiyalar. Dori isitmasi allergik reaksiya sifatida yoki preparatning organizmga bevosita toksik ta’siri natijasida rivojlanadi. Isitma uzoq vaqt davomida dori isitmasi sindromining asosiy yoki hatto yagona ko‘rinishi bo‘lishi mumkin. Buning sabablarini o‘rganish uchun bemorning epidemiologik tarixini, uning kasbini, odatlarini va kasallik tarixini qayta ko‘rib chiqish kerak. Bemorni zamonaviy usullardan foydalangan holda takroriy chuqu tekshiruvdan o‘tkazish ham muhimdir. Dori isitmasini keltirib chiqargan preparatni to‘xtatgach, har doim ham haroratning normallashishi birinchi kunlarda sodir bo‘lmaydi, prekparat organizmdan chiqib ketishi bilan holat yaxshilanib boradi. Ko‘pincha dori isitma quyidagi dorilar guruhlarini qo‘llashda paydo bo‘ladi: - mikroblarga qarshi preparatlar ; - sitostatik dorilar; - yurak-qon tomir preparatlari; - markaziy asab tizimiga ta’sir qiluvchi dorilar; - yallig‘lanishga qarshi dorilar ; - turli xil dorilar guruhlari, shu jumladan tarkibida yod saqlovchi konrast moddalar, antigistaminlar, klofibrat, allopurinol, levamizol, metoklopramid, simetidin va boshqalar.

  • 30 Avgust, 14:45
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech