Yangiliklar

not found

"Chirchiq" poligonida davlat boshqaruv organlari masʼullari ishtirokida yigʼin boʼlib oʼtmoqda

Mudofaa vazirligiga qarashli Chirchiq umumqoʼshin poligonida davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimyati organlari, xoʼjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar rahbarlari oʼrinbosarlari ishtirokida yigʼin boshlandi. "Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi Rivojlantirish va investitsiya direktori Bahodir Masharipov ham mazkur harbiy mashgʼulotlarda ishtirok etmoqda. Yigʼin davomida vazir oʼrinbosarlari, agentlik va inspeksiya, qoʼmita va boshqarma boshliqlari oʼrinbosarlari qoʼshinlar kundalik faoliyati bilan tanishgan holda, mamlakat mudofaasini tashkillashtirish doirasida yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligini oshirish uchun bevosita harbiy xizmat muhitida boʼladilar. Mazkur yigʼin orqali davlat hokimiyati organlari rahbarlarini jangovar tayyorgarlik fanlari boʼyicha nazariy va amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish yoʼli bilan avval olingan harbiy koʼnikmalarini qayta tiklash (shakllantirish) va takomillashtirish, shuningdek, hududiy mudofaa va fuqarolarni himoya qilishni oʼrganish (oʼzlashtirish), maʼnaviy-axloqiy va maʼnaviy-ruhiy sifatlarini rivojlantirish, davlat harbiy qurilish ishlarida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, dahldorlik hislarini oshirish maqsad qilingan. Taʼkidlash kerakki, bir necha kun davom yetadiganmashgʼulotlarda davlat boshqaruv organlari vakillari jahon va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat boʼyicha tahliliy maʼlumotlar, Qurolli Kuchlarni rivojlantirishda harbiy-maʼmuriy sektorlarning faoliyati va mamlakat armiyasining qudrati bilan yaqindan tanishadi. Shuningdek, yigʼin ishtirokchilari aloqa, taktik-tibbiy, harbiy sport hamda otish tayyorgarliklaridan oʼtib, oʼzlarining bilim va koʼnikmalarini yanada mustahkamlaydi. Operativ, safarbarlik, axloqiy-ruhiy, taktik tayyorgarliklardan oʼtish orqali zamonaviy armiyamizda olib borilayotgan islohotlardan atroflicha boxabar boʼlib boradi.

  • 8 Noyabr, 15:07
  • Batafsil
not found

2011-yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan 5 mingdan ortiq xabarlar oʼrganilgan

Xabaringiz bor, joriy yilning 6-noyabr sanasidan butun jahonda dori vositalarining nojoʼya taʼsirlari haqida xabar berish muhimligi toʼgʼrisida habardorlikni oshirish maqsadida, #MedSafetyWeek-2023 global kampaniyasi oʼtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda dori vositalarini nazorat qiluvchi 85 dan ortiq agentliklar va bir qancha nodavlat tashkilotlar faol ishtirok etmoqda. Maʼlumot uchun, #MedSafetyWeek-2023 haftaligi – Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning dori vositalarining xalqaro monitoringi markazi bilan hamkorlik qiladigan Uppsala (UMC)ning monitoring markazi tomonidan har yili oʼtkazib kelinadi. Kampaniya JSST va dori vositalarini boshqaruvchi organlar xalqaro koalitsiyasi(ICMRA) aʼzolari tomonidan qoʼllab quvvatlanadi. “Kim xabar berishi mumkin?” mavzusiga bagʼishlangan bu yilgi kompaniyada eʼtibor nojoʼya samaralar haqida xabar berishdagi har bir bemor, shifokor, tibbiyot hamshirasi va farmatsevtning asosiy roliga qaratilgan boʼlib, bundan koʼzlangan maqsad dori vositalarini xavfsiz qoʼllanilishiga yordam berishdir. Taʼkidlash joiz, aholini dori vositalari bilan bogʼliq zararlardan himoya qilish boʼyicha aniq chora – tadbirlarni belgilash maqsadida, Markazga kelib tushgan barcha hisobotlar puxta baholanadi va oʼrganiladi. Jumladan, 2011 yildan buyon nojoʼya taʼsirlar yuzasidan kelib tushgan besh mingdan ortiq xabarlar sinchkovlik bilan oʼrganilgan boʼlib, bunda bemorlar, ularni parvarish qiluvchi shaxslar, va tibbiyot xodimlar muhim oʼrin tutgan. Dori vositalarining nojuya taʼsirlari haqidagi xabarlarni Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" davlat muassasiga yuborishingiz mumkin.

  • 8 Noyabr, 09:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech