Yangiliklar

not found

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda

Senatning Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi majlisida parlament yuqori palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilayotgan masalalar dastlabki tarzda muhokama qilindi. Majlisda senatorlar “Farmatsevtika faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunni ham dastlabki tarzda muhokama qildilar. Muhokamada Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi direktor o'rinbosari Zafar Tuxtaev ham ishtirok etdi. Ushbu Qonun bilan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunga farmakologik vositalarning yoki dori vositalarining klinik tadqiqotlarida sog‘lom shaxslarning ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun dori vositalarining, tibbiy buyumlarning va tibbiy texnikaning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddatlarini o‘zgartirish uchun imkoniyatni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bundan tashqari, "Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga donor qoni va uning tarkibiy qismlaridan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan farmatsevtika tashkilotlariga donor qoni va uning tarkibiy qismlarini xususiy tartibda to‘plashni, tayyorlashni, qayta ishlashni va saqlashni amalga oshirishga ruxsat beradigan o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Qonun qon preparatlariga bo‘lgan ehtiyojni mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qoplashga, dori vositalarining yangi turlari ishlab chiqarilishiga xizmat qiladi. Senatorlar tomonidan Qonunlarni navbatdagi yalpi majlis kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

  • 27 Sentyabr, 15:02
  • Batafsil
not found

Rossiyada provizor va farmatsevtlar yetishmasligi kuzatilmoqda

Rossiyada dorixona sohasida kadrlar yetishmovchiligi kuchayib bormoqda. Qayd etilishicha, yoshlar bu kasbga kirishni istamaydi. Bu uning nufuzining pasayishi bilan bogʼliq, chunki dorixona faoliyati sogʼliqni saqlash bilan emas, balki savdo bilan bogʼliq. Joriy yilda oliy oʼquv yurtlari byudjet oʼrinlari uchun ham “Dorixona” yoʼnalishiga abiturientlarni jalb eta olmadi. Bu yoʼnalishda oʼqishga borganlar esa koʼp hollarda dorixonalarda emas, farmatsevtika kompaniyalarida ishlashni afzal koʼradilar. Bugungi kunda har uchinchi dorixona provizor va farmatsevt yetishmasligiga duch kelmoqda. Moskvada dorixona xodimlarining deyarli yarmi farmatsevtika maʼlumotisiz ishlaydi, eng yaxshi holatda ular hamshiralar yoki feldsherlardir. Chekka qishloqlarda esa tibbiy maʼlumotga ega boʼlmagan odamlar dori-darmonlarni sotishlari uchraydi- deydi mustaqil dorixonalar assotsiatsiyasi direktori. Uning soʼzlariga koʼra, sohada hozirda 30 foizga yaqin mutaxassislar yetishmaydi. Shu bilan birga, dorixonalar soni yil sayin ortib bormoqda. DSM Group maʼlumotlariga koʼra, 2023 yilning ikki choragida ularning soni 3,5 mingga oshib, 73,5 mingtaga yetgan. Asosan, oʼsish yirik shaharlarda federal dorixonalar tarmogʼining rivojlanishi bilan bogʼliq. Dorixonalar tez-tez yopiladi, chunki ishdan boʼshagan farmatsevtning oʼrnini bosadigan hech kim yoʼq. Mustaqil dorixonalar uyushmasi Rossiyaga qoʼshni va doʼst davlatlardan ixtisoslashgan mutaxassislarni jalb etish orqali kadrlar yetishmovchiligiga qarshi kurashishni taklif qilmoqda.

  • 27 Sentyabr, 09:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech