Yangiliklar

not found

Shifokorlar demensiya rivojlanish xavfini kamaytiradigan rezavorni aniqlashdi

Sintsinnati universiteti tibbiyot markazi olimlari har kuni qulupnay isteʼmol qilish kognitiv qobiliyatlarni yaxshilanishiga, dementsiya (dementsiya — bu orttirilgan aqliy zaiflik) rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam berishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Nutrients jurnalida chop etildi. Tadqiqotda 50 yoshdan 65 yoshgacha boʼlgan, oʼrtacha kognitiv nuqsoni boʼlgan besh erkak va 25 ayol ishtirok etdi. Olimlar bemorlarning sogʼligʼi haqida kerakli maʼlumotlarni toʼplashdi va ulardan qon namunalarini olishdi. Keyin ishtirokchilar ikki guruhga boʼlingan. Birinchi guruh nonushta uchun quritilgan kukun shaklida qulupnay, ikkinchi guruh esa bir xil taʼm va hidga ega boʼlgan platsebo isteʼmol qilishdi. 12 haftalik tadqiqotdan soʼng ishtirokchilar kognitiv testlardan oʼtdilar. Qulupnay isteʼmol qilgan bemorlar platsebo guruhidagilarga qaraganda yaxshiroq natijani koʼrsatdi. Rezavor birinchi guruhdagi subʼektlarning ruhiy salomatligini ham yaxshiladi. Odamlarda depressiya belgilarining pasayishi qayd etilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, kognitiv qobiliyatlarning yaxshilanishi qulupnayning polifenollarga boy boʼlganligi bilan bogʼliq boʼlishi mumkin. Iyul oyida San-Diego shtati universiteti olimlari ham qulupnay keksa odamlarning kognitiv faoliyatini yaxshilash va qon bosimini pasaytirish uchun foydali ekanligini aniqlagandi. Tadqiqot davomida 66 yoshdan 78 yoshgacha boʼlgan 35 sogʼlom erkak va ayolning maʼlumotlarini koʼrib chiqildi. Mutaxassislarning xulosasiga koʼra, qulupnay isteʼmol qilgan guruhda kognitiv tezlik 5,2 foizga oshgan, sistolik qon bosimi 3,6 foizga pasaygan va umumiy antioksidant himoyasi 10,2 foizga oshgan.

  • 25 Oktyabr, 17:40
  • Batafsil
not found

FDA birinchi besh valentli meningit vaktsinasini tasdiqladi

FDA Penbraya vaktsinasini tasdiqladi. Pfizer preparati meningokokk kasalligini keltirib chiqaradigan bakteriyalarning beshta serotipidan himoya qilish uchun moʼljallangan. Amerika regulyatori FDA Pfizer ning Penbraya vaktsinasini tasdiqladi. Bu meningit va qon zaharlanishiga olib kelishi mumkin boʼlgan beshta serogrup bakteriyalardan himoya qiluvchi birinchi dori, deyiladi kompaniya saytida. Meningokokk kasalliklari kam uchraydigan bakterial infektsiyalar boʼlib, ular odatda miya, orqa miya va qon aylanishiga taʼsir qiladi va oʼlimga olib kelishi mumkin. Penbraya pentavalent vaktsina meningokokk bakteriyalarining keng tarqalgan beshta guruhidan - A, B, C, W va Y - himoya qiladi. Pfizer hozirda kasallikdan himoya qilish uchun ikkita vaktsinani sotmoqda: Trumenba - V shtammiga qarshi va Nimenrix qolgan toʼrtta bakteriyalar guruhidan himoya qiladi. Penbraya ushbu ikki vaktsinaning tarkibiy qismlarini birlashtiradi va 10 yoshdan 25 yoshgacha boʼlgan odamlarda foydalanish uchun tasdiqlangan. Olti oylik interval bilan ikki dozada ketma-ket beriladi. Pfizer ning yillik hisobotiga koʼra, oʼtgan yili Trumenba vaktsinasi sotilishi 123 million dollar, Nimenrix ning esa 268 million dollar tashkil qilgan. Meningokokk vaktsina bozorida Trumenba bilan GSKning Bexsero vaktsinasi raqobatlashmoqda. Bundan tashqari, GSK Bexsero va Menveoni birlashtirgan besh valentli meningokokk vaktsinasini ishlab chiqmoqda.

  • 25 Oktyabr, 15:05
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech