Yangiliklar

not found

Tibbiyot "million dollarlik qimmat dorilar davri"ga kirdi-WSJ

Dunyoda narxi millionlab dollarlarni tashkil etuvchi qimmat dori-darmonlar davri boshlanmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal. AQSh va Yevropa regulyatorlari noyob genetik kasalliklarni bir kursda davolaydigan va kamida 2 million dollar turadigan toʼrtta yangi dorini tasdiqladi. Misol uchun, CSL kompaniyasining gemofiliya B kasalligini davolashga moʼljallangan Hemgenix dori vositasining narxi rekord darajada- 3,5 mln. dollarni tashkil etdi. Bluebird kompaniyasining bolalarda kam uchraydigan nevrologik kasalliklarni davolash uchun ixtiro qilingan Skysona dorisi 3 mln. dollar turadi. Aynan shu kompaniyaning irsiy qon kasalliklarini davolovchi Zynteglo dorisi 2,8 mln. dollar turadi. McKinsey konsalting kompaniyasi maʼlumotlariga koʼra, tibbiyot bozorida bunday dorilar soni oʼsishda davom etadi va 2024 yilga kelib 30 ga yaqin yangi gen terapiya usullari joriy etilishi mumkin. "Bu moslashuvchan boʼlmagan sugʼurta tizimiga yoʼnaltirilgan innovatsion yuk poezdi" - deydi Bostonda joylashgan Klinik va iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari Stiven Pirson.- "Toʼlovchilar "yoʼq" deyish mumkin emas, chunki bemorlarda boshqa tanlov boʼlmaydi", deya qoʼshimcha qildi u. “Millionli dori vositalari” roʼyxatidagi dori vositalarining aksariyati gen terapiyasi uchun moʼljallangan boʼlib, ishlab chiqaruvchilar bunday davolanish orqali bemorlar irsiy kasalliklardan butunlay forigʼ boʼlishi yoki uzoq yillar bu kasallik haqida unutishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Ilgari dunyodagi eng qimmat dori Shveytsariyaning Novartis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Zolgensma dori vositasi hisoblangan. Bu dorining bitta inʼektsiyasi boladagi orqa miya mushaklari atrofiyasini davolash uchun yetarli. Narxi 2,1 mln. dollar.

  • 15 Avgust, 09:02
  • Batafsil
not found

Toshkentda 200 dan ortiq bolalar uchun bepul koʼz diagnostikasi oʼtkazildi

Shu jumladan, Daun sindromi boʼlgan 113 nafar kichik bemorlar ham tekshiruvdan oʼtkazildi. Poytaxtimizdagi koʼp tarmoqli “Humo Arena” majmuasida bolalarning koʼz salomatligini asrashga bagʼishlangan xayriya tadbiri boʼlib oʼtdi.Toshkent xalqaro tibbiyot markazi TIMC koʼmagida turli yosh guruhlari, jumladan, Daun sindromli bolalarda keratokonus borligini aniqlash uchun skrining tekshiruvi oʼtkazildi. Bunday tekshiruvdan koʼzlangan maqsad jiddiy buzilishlar yoki ularni davolamasa koʼrish qobiliyatining doimiy yoʼqolishiga olib keladigan oʼzgarishlarni aniqlashdan iborat. Keratokonus - shox pardaning yupqalashishi va biomexanik mustahkamligini pasayishiga olib keladigan kasallik boʼlib, shoh parda konus shaklini oladi. Shox parda shaklining oʼzgarishining bir qator alomatlari mavjud: koʼrish oʼtkirligining oʼzgarishi, koʼzoynaklar va kontakt linzalari bilan toʼliq tuzatib boʼlmaydigan koʼrish oʼtkirligining pasayishi va yorugʼlik manbalari atrofidagi oreolalar. Keratokonus butun dunyo boʼylab bolalar va oʼsmirlarda oldini olish mumkin boʼlgan koʼrlikning asosiy sababidir. Ilmiy adabiyotlarga koʼra, keratokonus bilan kasallanish umumiy aholi orasida 1:1500 bemorni tashkil etadi. Daun sindromli insonlar umumiy aholiga qaraganda 300 martagacha koʼproq bu kasallikdan aziyat chekadi. Oʼzbekistonda har yili 370 ga yaqin bolalar ushbu sindrom bilan tugʼiladi. Bu koʼrsatkich har 100 000 mingta yangi tugʼilgan chaqaloqqa 46 ta shunday bola toʼgʼri kelishini koʼrsatadi. Tadbir avvalida shveytsariyalik xirurg-oftalmolog, keratokonusni aniqlash va davolash sohasida xalqaro eksport, professor Farxod Hafeziy yigʼilganlarni qutladi va “Daun sindromli bolalarda koʼzlar salomatligi” mavzusida maʼruza qildi. “Hanuzgacha keratokonus haqidagi bilimlar darajasi Markaziy Osiyo oftalmologiya jamoatchiligi orasida nihoyatda cheklangan. Shikoyatlarning yoʼqligi sababli kasallik oʼtkazib yuboriladi, shu tufayli bemorlarda kamdan-kam hollarda tashxis qoʼyiladi va shuning uchun davolanmaydi. Daun sindromli insonlarda irsiy moyillik hisobiga keratokonus sezilarli darajada yuqori xavf tugʼdiradi”, - deydi professor Farxod Hafeziy “TIMC bolalar va oʼsmirlarda global koʼrlikni asosiy sababi boʼlgan – keratokonus boʼyicha mutaxassislarni oʼz ichiga olgan oftalmologiya sohasidagi ilgʼor tajriba markazini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Mazkur tadbir TIMC ning ijtimoiy sodiqligi va bemorlarni davolashda ilgʼor tajribani boʼlishishga qatʼiyatini namoyish qiladi”, – deb taʼkidlaydi “TIMC ” Bosh direktori Raʼno Odilova. Tadbir davomida “Humo Arena”da bolalar uchun animatorlar bilan mashgʼulotlar, tanlovlar, oʼyinlar va mahorat darslari tashkil etildi. Ular ota-onalari bilan birgalikda sport majmuasi bilan tanishib, figurali uchish boʼyicha terma jamoa mashgʼulotlarini tomosha qilishdi. Tekshiruvlar yakunida barcha ishtirokchilarga sovgʼalar topshirildi.

  • 14 Avgust, 17:27
  • Batafsil
not found

FDA Johnson & Johnsonning qon saratonini davolash uchun moʼljallangan preparatini tasdiqladi

Johnson & Johnson (J&J) farmatsevtika kompaniyasi AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) qon saratoni bilan ogʼrigan bemorlarni davolash uchun antitelaga asoslangan preparatini tasdiqlaganini eʼlon qildi, deb yozadi Reuters. FDA qarori bemorlarning 73,6 foizi saratonni qisman yoki toʼliq bartaraf etishga erishganini koʼrsatadigan oʼrta bosqichdagi tadqiqot maʼlumotlariga asoslanadi. Taʼkidlash joizki, agentlik dori yorligʼiga agressiv immunitet reaktsiyasi yoki sitokinlarni ajratish sindromi, shuningdek, nevrologik toksiklikni paydo boʼlish xavfini koʼrsatadigan eng qatʼiy xavfsizlik ogohlantirishini qoʼyishni talab qildi. Talvey (talketamab) preparati kamida toʼrtta oldingi davolash kurslarini olgan (haftada bir marta teri ostiga yuborilgan) qayta koʼp mieloma bilan ogʼrigan bemorlar uchun davolash sifatida tasdiqlandi. Ushbu vosita saraton va immun hujayralarini birlashtirish uchun moʼljallangan bispetsifik antilalar sinfiga tegishli boʼlib, shunda organizmning immun tizimi oʼsimtani yoʼq qilishi mumkin. Koʼp mieloma - bu suyak iligida boshlanadigan va oxir-oqibat normal qon hujayralari ishlab chiqarishga xalaqit beradigan saraton shaklidir. Ushbu tashxis uchun mavjud boʼlgan boshqa davolash usullari J&J kolmpaniyasining Carvykti va Bristol-Myers Squibbning Abecma dori vositalarini oʼz ichiga oladi, ularning ikkalasi ham CAR-T- terapiya sinfiga kiradi.

  • 14 Avgust, 15:20
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech