Yangiliklar

not found

“Аqlli” zirak: tana harorati, yurak urishini oʼlchaydi, uyquni nazorat qiladi

Endilikda aqlli aksessuarlar nafaqat soat yoki uzuk, balki sogʼliqni oʼlchaydigan, jozibali koʼrinishdagi zirak ham boʼlishi mumkin. Vashington universiteti tana haroratini oʼlchaydigan, stress holatini aniqlaydigan va uyqu rejimini tartibga soladigan “aqlli” ziraklar – Thermal earring ni taqdim etdi. АQSh olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga koʼra, quloqdagi termal koʼrsatkichlar tananing boshqa qismidagi koʼrsatkichlardan koʼra aniqroq boʼlishi isbotlandi. “Men sogʼligʼimni nazorat qilish uchun aqlli soatlardan foydalanaman, lekin koʼpchilik bunday gadjetlarni taqish noqulay deb hisoblaydi. Masalan, men zirak taqishni yaxshi koʼraman, shuning uchun biz inson qulogʼidan qanday maʼlumotni olishimiz mumkinligi haqida bosh qotira boshladik. Keyinchalik, quloqda tana haroratini oʼlchash qoʼl yoki bilak bilan solishtirganda ancha aniqroq ekani maʼlum boʼldi”, — deydi Shirli Syue, Vashington universiteti aspiranti. Thermal earring ziraklarining afzalligi shundaki, toʼxtovsiz ishlagan taqdirda uning zaryadi 28 kunga yetadi. Bunday zirakdan foydalanish oson va qulay: u barcha kerakli komponentlar, jumladan Bluetooth moduli bilan jihozlangan. Inson tanasining aniq haroratini oʼlchash uchun ziraklar ikki xil termometrdan iborat: biri quloq boʼshligʼining haroratini, ikkinchisi atrofdagi haroratni oʼlchashga moʼljallangan. Ushbu aksessuar yanada foydali va serqirra boʼlishi uchun unga yurak parametrlarini oʼlchaydigan maxsus qurilma oʼrnatish ustida izlanish olib borilmoqda. Shuningdek, yaqin kelajakda odatiy batareyani kinetik yoki quyosh batareyalariga almashtirish masalasi koʼrib chiqilmoqda. “Kelajakda sogʼliqni nazorat qiluvchi zargarlik buyumlari toʼplamini ishlab chiqmoqchiman. Ulardan biri – elektrokardiografiya oʼrnatilgan marjon boʼlib, yurak urishi haqida yaxshiroq maʼlumot olish uchun insonlarga xizmat qiladi degan umiddaman”, qoʼshimcha qildi Shirli Syue. Kelajakda Vashington universitetining aspiranti “aqlli” zargarlik buyumlarining butun turkumini yaratish niyatida. Hozirda bunday aksessuarlar sotuvi yoʼlga qoʼyilmagan, buning uchun ular turli tadqiqot va tekshiruvlardan oʼtkazilishi lozim.

  • 27 Fevral, 08:25
  • Batafsil
not found

Olimlar inson sochidan 100 barobar yupqaroq yurak stimulyatoriishlab chiqishdi

Chikago universiteti tadqiqotchilari oʼta yupqa yurak stimulyatori ishlab chiqdi. Ushbu qurilma organizmning yurak-qon tomir yoki asab tizimining faoliyatini tartibga solish imkonini beradi. Ayni paytda millionlab odamlar yurak stimulyatoridan foydalanadilar. Olimlarning fikricha, yangi qurilma yanada ixcham va qulay, shuningdek, ishonchliroq boʼladi. Elektron yurak stimulyatori yorugʼlik taʼsirida ishlaydi. Bu ishlamay qolishi mumkin boʼlgan harakatlanuvchi qismlar yoki simlardan xolos boʼlish imkonini beradi. Qurilma ikki qatlamli silikon materialdan iborat. Ular elektr zaryadini hosil qilish orqali yorugʼlik bilan reaktsiyaga kirishadi. Yuqori qatlamda koʼplab mayda teshiklar (nanopor) mavjud boʼlib, ular elektr energiyasini toʼplaydi va uning tarqalib ketishini oldini oladi. Membrananing qalinligi atigi 1 mikrometr - inson sochidan 100 marta yupqaroq. Maydoni bir necha kvadrat santimetr. Ogʼirligi - 1/50 grammdan kam (zamonaviy yurak stimulyatori kamida besh gramm ogʼirlikda). "Qurilma qanchalik yengil boʼlsa, u, bemorlar uchun shunchalik qulayroqdir", deb tushuntirdi ishlab chiquvchilar. Qizigʼi shundaki, xizmat muddati tugagandan soʼng, qurilma zaharli boʼlmagan birikmalar hosil qilib, tanada eriydi. Bu esa uni olib tashlash uchun qoʼshimcha jarrohlikni oldini oladi. Olimlar qurilmaning birinchi sinovlarini hayvonlarda oʼtkazdi. Olimlar qurilmani yanada rivojlantirish va odamlar uchun moslashtirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi mir24.

  • 26 Fevral, 12:41
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech