Yangiliklar

not found

Qaysi toifadagi bemorlarga roʼza tutish tavsiya etilmaydi?

Ramazon oyida notoʼgʼri ovqatlanish inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining taʼkidlashicha, roʼzadorlar sogʼlom ovqatlanish tavsiyalariga amal qilib, ortiqcha vazndan xalos boʼlish, qon bosimi va organizmdagi xolesterin miqdorini pasaytirishga erishish mumkin.  Iftorlik va saharlik oraligʼida koʼp miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. Kunduzi havo harorati yuqori boʼlganda koʼp terlashni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois kun davomida yoʼqotilgan suyuqlik oʼrnini qoplash ehtiyoji yuzaga keladi. Buning uchun esa koʼproq suv ichish tavsiya etiladi. Sersuv mahsulotlar tanovul qilish orqali ham bu meʼyorni qisman qoplash mumkin. Masalan, saharlik paytida yoki iftorlikdan keyin dessert sifatida hoʼl mevalardan yeyish foydali. “Аchiq-chuchuk” salati tarkibidagi bodring va pomidor ham sersuv neʼmatlar hisoblanadi. Shoʼrva yoki sabzavotli salatlar singari suvga boy taomlarni ham isteʼmol qilish mumkin. Tarkibida kofein mavjud boʼlgan mahsulotlar — kofe, kola kabi ichimliklardan voz kechib turgan maʼqul. Chunki bu modda inson organizmida suv miqdori kamayishiga olib keladi. Kun davomida juda doimiy harakat qilish organizmning koʼp miqdorda suv yoʼqotishiga olib keladi. Qisqa muddatli sayr yoki chigalyozdi mashqlari sizni tonusda ushlab turishi mumkin. Аmmo kun boʼyi harakatsiz oʼtirish ham tavsiya qilinmaydi. “Ogʼizni yopish”dan oldin ovqat yeyish lozim. Saharlik paytida yengil taomlanish, ayniqsa, roʼza tutishni maqsad qilgan katta yoshdagi insonlar, oʼsmirlar, homilador ayollar, emizikli farzandi bor onalar hamda bolalar uchun juda muhim! Yengil nonushta sifatida sabzavotlar, tarkibida uglevod boʼlgan donli nonlar yoki bulochkalar, sut mahsulotlari (tuzsiz pishloq, suzma, sut) yoki tuxum kabi oqsilga boy neʼmatlarni isteʼmol qilish foydali. Аmmo shunday toifadagi bemorlar borki, roʼza tutish ularning salomatligi uchun xavfli boʼlishi mumkin. Mutaxassislar fikricha, jarrohlik amaliyoti oʼtkazilishini talab qiluvchi va operatsiyadan keyingi davrda bemorlar roʼza tutishi maqsadga muvofiq emas. Bundan tashqari, doimiy ravishda dori ichishi kerak boʼladigan yurak-qon tomir, buyrak va jigar xastaliklarining ogʼir koʼrinishlari hamda qandli diabetda ham ushbu amalni bajarish tavsiya etilmaydi. Qolaversa, ogʼriq bilan kechadigan va ogʼriq qoldiruvchi dorilarni muntazam qabul qilishi talab qilinadigan, xususan, sil va onkologik kasalliklarining ayrim turlarida ham roʼza tutish mumkin emas. Ular roʼza tutish niyatida boʼlsalar, avvalo, shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

  • 11 Mart, 17:44
  • Batafsil
not found

Diqqat! Ogoh boʻling

SSV huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi marakazi" davlat muassasasi barcha yurtdoshlarimiz va dorixona xodimlarini ogohlikka chaqirib, internet tamoqlari orqali onlayn sotilayotgan ozish uchun moʻljallangan quyidagi mahsulotlarni realizatsiya qilish va saqlash taqiqlanishi haqida maʼlum qiladi: ▪️ "Reborn Ultimate" ▪️ "Lipotrim Ultra" ▪️ "Сексуальная фигура” ▪️ "Al-Sheikh" ▪️ "Fatzorb" ▪️ "Fatzorb Ultra" ▪️ "Fatzorb Plus" ▪️ "Spirulina" ▪️ "Arabic" ▪️ "Reduksin Layt" ▪️ "Kod S" ▪️ "Shafran diet" ▪️ "Gold Puma" ▪️ "Блокатор жира" ▪️ "Hot pepper" ▪️ "Ферментаиз" ▪️ "Липоксин для похудения" ▪️ "Куаймый Extra" ▪️ Slim ultra (Samyun Wan)  Oʻzbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy yoʻllar bilan kirib kelgan va Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu mahsulotlar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi laboratoriyalarida tekshirilganda ularning tarkibida sibutramin moddasi mavjudligi aniqlandi.  Taʼkidlash joiz, mazkur modda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 818-son qarori bilan tasdiqlangan Kuchli taʼsir qiluvchi moddalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, lekin tarkibida sibutramin moddasi mavjud boʻlgan yuqoridagi 19 turdagi mahsulot dori vositasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan.  Eslatib oʻtamiz, kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik uchun qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik belgilangan.

  • 11 Mart, 15:03
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech