Yangiliklar

not found

Farmatsevtika: joriy yilning birinchi choragida 1 trillion 157 milliard soʼmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan

АOKАda oʼtkazilgan brifingda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tomonidan 2024 yilning yanvarь-mart oylarida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi. Taʼkidlanishicha, farmatsevtika korxonalari tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida 1 trln, 157 mlrd. soʼmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan hamda 37 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. Investitsiya dasturiga kiritilgan 17 ta loyiha doirasida 25 mln. dollar investitsiya mablagʼlari oʼzlashtirilgan.Umumiy qiymati 6,5 mln. dollarlik 2 ta loyihaning ishga tushirilishi natijasida 250 nafar yangi ish oʼrini yaratilgan. – Yangi investitsiya loyiha takliflarini ishlab chiqish maqsadida oʼtgan davr davomida Xitoy, Rossiya, Tojikiston, Eron va Turkiyaga xizmat safarlari tashkil etilib, jami 59 ta kompaniya bilan muzokaralar oʼtkazildi, – dedi Аgentlik axborot xizmati rahbari Sevara Toʼlaganova. – Muzokaralar natijasida Xitoy bilan tibbiy buyum va jihozlar hamda tibbiy uskunalarni ishlab chiqaruvchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida 41 mln. dollarlik loyihalar Oʼzbekistonda amalga oshirilishiga kelishildi. Shuningdek, Mahalliy ishlab chiqaruvchi «AZIYA IMMUNOPREPARAT» korxonasi tomonidan 10 mln. dollarlik mahsulotlarini Xitoyga eksport qilish boʼyicha shartnoma imzolandi. Tojikiston bilan qiymati 5 mln. dollarlik 2 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishiga kelishildi. Transfer texnologiyasi asosida Eron kompaniyalari bilan Oʼzbekistonda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʼyicha kelishuv imzolandi. Oʼzbekistonda biotexnologiya tizimini yaratish va rivojlantirish maqsadida Tehron tibbiyot fanlari universiteti bilan PhD yoʼnalishidagi mutaxassislarni tayyorlash boʼyicha hamkorlik yoʼlga qoʼyildi. Shuningdek, «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri sanoat zonasida Turkiya kompaniyasi bilan qiymati 50 mln. dollardan ortiq boʼlgan investitsiya loyihasini amalga oshirishga kelishildi. Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʼzbekistonda ISO: 13485 xalqaro standartlari boʼyicha sertifikatlashtirish organini yaratish boʼyicha kelishuvlarga erishildi. Qayd etilishicha, «Tashkent Pharma Park» farmatsevtika klasteri sanoat zonasida amalga oshirilayotgan 427 mln. dollarlik 10 ta loyiha ishtirokchilariga aʼzolik guvohnomalari topshirildi. Joriy yilda 65 mln. dollarlik 2 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Klaster hududida qiymati 59 mln. dollarlik 3 ta yangi loyihani amalga oshirish boʼyicha kelishuvlarga erishildi.  Shuningdek, «Zarur amaliyotlar» (GxP) yoʼnalishida korxonalarda (standartlarni joriy etish uchun) 300 ga yaqin inspektsiyalar amalga oshirildi. Buning natijasida GMP sertifikatiga ega korxonalar soni 42 taga, GDP sertifikatiga ega distribyutor korxonalar soni 177 taga, GPP sertifikatiga ega dorixonalar soni 2 taga yetdi. 

  • 15 Aprel, 09:40
  • Batafsil
not found

Sumalak sayli oʻtkazildi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasida sumalak sayli oʻtkazildi. Sumalak saylining bayram sifatida shakllanganligi haqida turli rivoyatlar bor. Shulardan biri: dehqon olib qoʻygan oxirgi donini tezroq ekish uchun yaxshi niyatlar bilan oldinroq ivitib qoʻyadi. Lekin birdan ob-havo buziladi. Bugʻdoy idishda nish urib oʻsa boshlaydi, ob-havo yaxshilanavermaydi. Dehqon oila aʼzolari och turgan paytda bugʻdoyni butunlay nobud qilmaslik choralarini izlay boshlaydi. U tavakkal qilib nish urgan va ancha boʻy koʻtargan donni qiymalaydi va xotiniga bundan taom pishirishni buyuradi. Uy bekasi uni uzoq vaqt qaynatadi. Qarangki, oqkoʻngil dehqonning niyati xolis chiqadi. Undan hidi yoqimli, oʻzi toʻyimli, mazasi esa tanovul qilgan kishining uzoq vakt esida qoladigan darajadagi shirin taom hosil boʻladi. Bu taom borgan sari xalq oʻrtasida keng tarqalib, bahorning eng lazzatli taomiga aylanadi. Sumalak sayli qadimdan kishilarda birdamlik, ahillik hissini tarbiyalab kelgan. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati boshchiligida ahil va quvnoq jamoamiz tomonidan har yilgidan istisno boʻlmagan holda, Markaziy omborxona hududida sumalak sayli oʻtkazildi, bahorning  shoh taomi sumalak pishirildi. 24 soatda tayyor boʻladigan sumalak albatta oqshom bilan doshqozon boshida boʻlishni talab qiladi. Kompaniya xodimlari ham tuni bilan vaqtni unumli oʻtkazish uchun bir-biridan zavqli milliy oʻyinlarni tashkil etdi. Sumalak saylining jajji mehmonlari varrak uchirishda, kompaniyamiz yigitlari shaxmat-shashkada, goʻzal xodimalarimiz esa raqsda bellashishdi. Oʻlanlar, laparlar aytildi. Bir insonga qirq hunar ham oz degan naqlga amal qilganlar doirayu rubobda mahoratlarini koʻrsatishdi. Bugun 13-aprel kuni sumalak tayyor boʻlgach, kompaniya rahbariyati   jamoa bilan bir dasturxon atrofida yigʻildi. Osh tarqatildi. Qurʼon tilovat qilinib,  kompaniya rivojiga hissa qoʻshgan,  oʻzidan iz qoldirib ketgan ustozlar, xodimlar bir-bir yodga olindi. Bunday bayramlar, tadbirlar jamoani yanada birlashtiradi, hamjihatlikda ishlashga, bir-birini qoʻllab-quvvatlashga oʻrgatadi. Bu bayram ham xodimlar qalbiga unutilmas shirin xotiralarni muhrlab qoʻydi. 

  • 13 Aprel, 17:04
  • Batafsil
not found

Shifoxonalar ichidagi dorixona farmatsevtlari maoshini ko‘tarishni talab qilmoqda

Rossiyaning 74 viloyatidan tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan 700 nafardan ortiq farmatsevt va provizorlar hukumat va mutasaddi idoralar rahbarlariga ularning mehnat sharoitlari, xususan, ish haqiningpastligiga e’tibor qaratishni so‘rab murojaat qildi.Farmatsevtlarning so‘zlariga ko‘ra, oliy ma’lumotli va zimmasida katta mas’uliyat bo‘lishiga qaramay, ularning maqomi kichik tibbiyot xodimlarinikiga teng. Bundan tashqari, ular shifokorlarniki kabi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash imtiyozlariga ega emaslar.Roszdravnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda butun mamlakat bo‘ylab uch mingga yaqin shifoxona dorixonalari ishlagan. Ularning xodimlari keng ko‘lamli vazifalarni bajaradilar. Xususan, tashkilotlarning dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, arizalar yozish, da’volar bilan ishlash, soliq va boshqa bo‘limlarga hisobot berish, shifokorning retseptlarini tuzatish, dori vositalarining nojo‘ya ta’sirini qayd etish, giyohvandlik vositalari va psixotrop dorilarning muomalasi uchun javobgarlik, hattoki ommaviy ishlab chiqarilmaydigan dori vositalarini ishlab chiqarish - bu ularning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati.Ushbu to‘plam vazifa uchun kasalxona dorixonalari xodimlariga oyiga o‘rtacha 45 ming rubl (483 dollar atrofida) maosh beriladi.Rossiya prezidenti farmoyishi bilan 1- apreldan viloyatlardagi barcha tibbiyot xodimlarining ish haqi 50 foizgacha oshirilishi kerak, ammo bu farmatsevtika xodimlariga taalluqli emas.Murojaat mualliflari “ish haqi va ijtimoiy imtiyozlar bo‘yicha yuzaga kelgan tafovutni bartaraf etish” maqsadida tibbiyot tashkilotidagi farmatsevtika xodimlarining huquq va imtiyozlarini tibbiyot xodimlariga tenglashtirishni so‘rashmoqda.

  • 13 Aprel, 14:47
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech