Yangiliklar

not found

Tuberkulyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichi 45 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 87 foizga kamaydi

Sil – bu sil bakteriyalarini organizmga kirib borishi bilan rivojlanuvchi yuqumli kasallik. Bunda kasallik bilan shikastlanuvchi asosiy organ – o‘pka. Kamdan-kam hollarda miya va uning qobig‘i sili, suyaklar, buyraklar, jinsiy a’zolar, ko‘z, ichak va boshqa organlarning sili bo‘lishi mumkin. Sil bilan og‘rigan 75 foiz bemorlarning eng ko‘pi mehnatga qobiliyatli va reproduktiv 20-40 yoshdagi insonlarni tashkil etadi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sil bakteriyalari havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi. Ular sil bilan kasallangan insonlar organizmida ko‘payadi. Bunda sil uchun xos bo‘lgan yallig‘lanish paydo bo‘ladi, shundan so‘ng esa to‘qimaning yemirilishi ham vujudga keladi. Kavak deb nomlanuvchi bo‘shliqlar shakllanadi, ularning ichida millionlab sil bakteriyalari mavjuddir. Ulardan yo‘talganda, aksa urganda, gaplashganda sil bakteriyalari atrofdagi havoga ajralib chiqadi.     Poytaxtimizda “BMTning sil kasalligi bo‘yicha Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘yicha majburiyatlarini bajarish: Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokidagi mintaqaviy muloqot” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etildi.   Qayd etilishicha, yurtimiz sil kasalligining oldini olish, uni erta aniqlash va davolash bo‘yicha sezilarli natijalarga erishdi. Xususan, ushbu xastalikka qarshi kurashish uchun mas’ul bo‘lgan tibbiyot muassasalari infeksion nazorat qoidalariga binoan to‘liq rekonstruksiya qilinib, ular ilg‘or tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.   Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar qoshida “Astma va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi maktablari” tashkil etilib, ularda bemorlarga hayot sifatini yaxshilash, kasallik zo‘rayishining oldini olish choralari o‘rgatilmoqda. Chaqaloqlarni kasallikka qarshi emlash 99,8 foizga yetkazildi.   Sohada ilk bor tuman, shahar, hududlararo, viloyat va markaziy laboratoriyalardan iborat 5 darajali tizim doirasida kasallikka 2 soatda tashxis qo‘yish imkonini beruvchi 136 ta PSR (G-Xpert) diagnostik jihozlar o‘rnatildi. Shundan 40 tasi birlamchi davolash muassasalariga tatbiq qilindi. Mahalliy texnik resurslardan va mavjud uskunalardan foydalangan holda “O‘pka salomatligi” mobil brigadalari tashkil etilib, hozirgacha 7 ta viloyatda aholini skriningdan o‘tkazish boshlab yuborildi.   So‘nggi ikki yilda ftiziatriya yo‘nalishiga oid barcha klinik qo‘llanmalar JSSTning so‘nggi tavsiyalariga asosan yangilanib, bu bo‘yicha jami 1 ming 530 nafar mutaxassis qayta o‘qitildi. Ftiziatriya sohasiga qayta tayyorlash kurslari davlat byudjeti tomonidan qoplanishi natijasida 300 nafardan ziyod mutaxassis ushbu xizmatga boshqa sohalardan jalb etildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida o‘tgan 2023 yilga kelib tuberkulyoz bilan kasallanish ko‘rsatkichi 45 foizga, o‘lim ko‘rsatkichi esa 87 foizga kamayishiga erishildi.  

  • 24 Iyun, 15:55
  • Batafsil
not found

JSST diabet va semirishga qarshi soxta dorilar haqida ogohlantirdi

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (JSST) 2-toifa diabet va baʼzi mamlakatlarda semirishni davolashda ishlatiladigan soxta semaglutid preparatlari haqida ogohlantirdi. Hisobotda aytilishicha, 2023 yil oktyabrda Braziliyada, 2023 yil oktyabrda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligida va 2023 yil dekabrda Аmerika Qoʼshma Shtatlarida semaglutid asosidagi dori vositalarining (savdo nomi "Ozempik") uchta qalbaki partiyasi aniqlangan. 2022 yildan boshlab dunyoning barcha mintaqalarida soxta semaglutid asosidagi mahsulotlarni aniqlash boʼyicha Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining sifatsiz va soxtalashtirilgan tibbiy mahsulotlarni nazorat qilish va monitoring qilish global tizimiga murojaatlar soni koʼpaygan. Ushbu ogohlantirish JSST tomonidan olingan bir qator hisobotlar tasdiqlanganidan keyin ushbu mavzu boʼyicha eʼlon qilingan birinchi rasmiy bayonotdir. «Biz dori vositalari muomalasining barcha subʼektlarini shubhali dori vositalaridan foydalanishni toʼxtatishga va tegishli organlarga xabar berishga chaqiramiz»- dedi JSST Bosh direktorining muhim dorilar va sogʼliq uchun mahsulotlar boʼyicha yordamchisi doktor Yukiko Nakatan. Semaglutidga asoslangan dorilarning koʼpchiligi haftalik teri ostiga yuborish uchun buyuriladi. Baʼzi dorilar kunlik ogʼiz orqali yuborish uchun tabletka shaklida ham mavjud. Bu dorilar qonda qand darajasini pasaytirishdan tashqari, ishtahani bostirishi koʼrsatilgan, shuning uchun baʼzi mamlakatlarda vazn yoʼqotish uchun tobora koʼproq ommalashmoqda. JSST ushbu dorilarga boʼlgan talabning oshishini va ularning qalbakilashtirilganligi haqidagi xabarlarning koʼpayishi mumkinligini qayd etdi. Ushbu soxta dori-darmonlarni qabul qilish sogʼliq uchun zararli taʼsir koʼrsatishi mumkin; agar ular zarur faol moddalarni oʼz ichiga olmasa, soxta dorilar qon glyukoza darajasini yoki tana vaznini pasaytirishda samarasiz boʼladi, boshqa hollarda, inʼektsiya moslamasi maʼlum boʼlmagan faol moddalarni oʼz ichiga olishi mumkin,masalan, insulinni bu esa sogʼliq uchun oldindan aytib boʼlmaydigan oqibatlarga yoki asoratlarga olib kelishi mumkin. Semaglutidga asoslangan preparatlar ularning yuqori narxi tufayli hozirda diabetni davolash uchun JSST tomonidan tavsiya etilgan dorilar roʼyxatiga kiritilmagan. JSST tomonidan sogʼligʼini qalbaki dori vositalaridan va ularning zararli taʼsiridan himoya qilish uchun bemorlarga dori-darmonlarni faqat litsenziyaga ega dorixonalardan, shifokorning retsepti bilan sotib olish va nomaʼlum yoki tekshirilmagan yetkazib beruvchilardan, masalan, internet orqali sotib olmaslik tavsiya etiladi. Shuningdek, dori vositalarining qadoqlanishi va yaroqlilik muddatini muntazam tekshirib turish, dorilarni shifokor koʼrsatmasi boʼyicha qabul qilish kerakligi aytib oʼtilgan.

  • 24 Iyun, 09:52
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech