News

not found

Tibbiy maʼlumotnomalar elektron shaklda beriladi

“2022–2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʼgʼrisida”gi Prezident farmoni loyihasiga muvofiq, aholini sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida quyidagilar belgilanmoqda: ▫️ 2023 yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish; ▫️ vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga oʼtkazish. Bunda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar: ➖ Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida – 2023 yil 1 iyuldan;➖ Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida – 2023 yil 1 oktyabrdan;➖ respublikaning boshqa hududlarida – 2024 yil 1 yanvardan elektron shaklga oʼtkaziladi. Shunga koʼra, 2024 yil 1 yanvardan tibbiy maʼlumotnomalarni qogʼoz shaklda talab qilish taqiqlanadi. 2023 yil 1 iyuldan Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʼurtasi mexanizmlari joriy etiladi. Аholi orasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Toʼgʼri ovqatlanish va sogʼlom turmush tarzi” umummilliy harakati yoʼlga qoʼyiladi. Harakat doirasida aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʼz sogʼligʼi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʼrgatish, toʼgʼri ovqatlanish boʼyicha mobil ilova yaratish nazarda tutilgan. Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

  • 8 February, 10:38
  • Read more
not found

Hindiston dori vositalarini tartibga solish tizimini takomillashtirish uchun qariyb  80 mln АQSh dollari yoʼnaltiradi

Hindiston sogʼliqni saqlash vaziri Mansux Mandavianing takidlashicha, 2021-2022 yillarda  89 ming dori namunalari sinovdan oʼtkazilgan va ularning  2500 dan ortigʼi standartlarga javob bermagan, 380 ga yaqini qalbaki ekanligi aniqlangan.  Hindistonda 89 000 ga yaqin dori namunalari sinovdan oʼtkazilgan boʼlsa, 2 500 dan ortigʼi standartlarga javob bera olmagan. Bu haqda mamlakat sogʼliqni saqlash vaziri Mansux Mandavia maʼlum qildi, deya xabar bermoqda Reuters. 380 ga yaqin namunalar soxta ekanligi aniqlangan. Hindiston hukumati Sogʼliqni saqlash vazirligiga dori vositalarini tartibga solish tizimini mustahkamlash, jumladan, yangi dori vositalarini sinovdan oʼtkazish uchun laboratoriyalar tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiya qilish uchun 80 million dollarga yaqin mablagʼ ajratdi. Soʼnggi 10 yil ichida Hindistonning farmatsevtika mahsulotlari eksporti ikki baravarga oshib, 2021-2022 yillarda 24,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.  Biroq Oʼzbekistonda 20 nafar, Gambiya va Indoneziyada 200 nafar bolaning tarkibida etilenglikol borligi aniklangan bolalar uchun isitmani tushiruvchi siroplarni qabul qilganligi sabab vafot etgani, Hindistonning “dunyo dorixonasi” obroʼsiga putur yekazdi, deb takidlaydi Reuters. The Hindu BusinessLine xabariga koʼra, Hindistonning Global Pharma Healthcare kompaniyasi ham oʼtgan haftada AQShda nojoʼya taʼsirlarning 55 ta holati, jumladan, koʼz infektsiyalari, koʼrishning doimiy yoʼqolishi va bitta oʼlim holati qayd etilgani sababli koʼz tomchilarining barcha partiyalarini qaytarib olishga majbur boʼldi. Eslatib oʼtamiz, yanvar oyi oxirida Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti dori ishlab chiqaruvchilarni xomashyo sifati va ishlab chiqarish jarayoni nazoratini kuchaytirishga chaqirgan edi. Hukumatlar sifatsiz va qalbaki dori vositalariga qarshi kurashish uchun qonunlar qabul qilishlari, shuningdek, norasmiy bozorlari ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak.

  • 7 February, 16:50
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech