14:50 (30.05.2023)

1640

Ogʻizdagi ayrim taʼmlar baʼzi kasalliklardan dalolat berishi mumkin

Ogʻizda paydo boʻladigan bir qator belgilar sogʻliq uchun potensial xavfni koʻrsatishi mumkin. Shifokorlarning taʼkidlashicha, ogʻizda tez-tez yoki uzoq davom etadigan yomon taʼm muammolarni, shu jumladan xavfli kasalliklarni koʻrsatishi mumkin.

 Shunday qilib, odam doimo ogʻzida va nafasida shirinlikni his qilishi- diabetik ketoatsidozning belgisi boʻlishi mumkin. Bu hayot uchun xavfli boʻlgan holat. Tana glyukoza yoʻqligida yogʻni energiya manbai sifatida ishlatadi.

 - Bu alomat odatda diabetga chalingan odamlarda kuzatiladi. Ushbu holatning boshqa belgilari: kuchli tashnalik, tilqurib qolishi, koʻngil aynishi va qorin ogʻrigʻi- deydi shifokorlar.

 Shuningdek, ogʻizdagi mis taʼmi xavfli infeksiyalarni koʻrsatishi mumkin. Ular koʻpincha tonzillit kabi yuqori nafas yoʻllari kasalliklari bilan bogʻliq. Bunday holda, yoʻtal va balgʻamni chiqarish qonning taʼm kurtaklariga urilishiga olib keladi, natijada ogʻizda metall taʼmi paydo boʻladi.

 Ogʻizdagi tuz yoki qonning taʼmi tananing suvsizlanishidan dalolat beradi. Bu sulak ishlab chiqarish kamayganini koʻrsatishi mumkin, bu esa oʻz navbatida suvni ushlab turish bilan bogʻliq muammolarga olib keladi, deb yozadi The Sun.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech