11:42 (24.04.2024)

381

Olimlar: Qandli diabetga qarshi eng keng tarqalgan dori uzoq umr ko'rish siri bo'lishi mumkin

Olimlarning fikricha, qandli diabetni davolashda ishlatiladigan eng arzon va keng tarqalgan dori uzoqroq va sogʻlom hayot kechirishga yordam beradi.

Odamlarga qondagi qand miqdorini kamaytirishga yordam beradigan va 2-toifa diabetni davolashda yordam beradigan metformin saraton, kognitiv funksiyalarning pasayishi va yurak kasalliklaridan ham himoya qilishi mumkin. Bu uning yalligʻlanishga qarshi taʼsiri bilan bogʻliq, deb xabar beradi NPR. 

Olimlar metformin sogʻlom keksa odamlarda qarishni sekinlashtirishi va kasallikning oldini olishi mumkinligini aniqlash uchun TAME Trial deb nomlangan tadqiqotda oʻz taxminlarini sinab koʻrishadi. Olti yillik tadqiqotda 65 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan 3000 kishi qamrab olinishi rejalashtirilmoqda.

"Men metformin odamlarning umrini uzaytiradimi yoki yoʻqmi, bilmayman, ammo dalillar bu mumkinligini koʻrsatdi", dedi Stiven Austad Amerika Qarish tadqiqotlari federatsiyasining katta ilmiy maslahatchisi.

U shuningdek, Britaniyada ilgari oʻtkazilgan tadqiqotni misol qilib keltirdi. Unda preparatni qabul qilgan 2-toifa diabet odamlarda demensiya xavfi kamayganligi aniqlangan. Metforminni qabul qilgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlim xavfi ham pastaygan.

"Baʼzi olimlar FDAdan metformin tadqiqotini oʻtkazishga rozilik berishini soʻrashdi. Agar biz bir vaqtning oʻzida bir nechta muammolarni oldini olishga yordam bera olishini isbotlasak, bu profilaktika tibbiyotining yutugʻi boʻlar edi", dedi Ostad.

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech