09:09 (27.03.2024)

604

Transyogʼlar. Аsosiy faktlar

- Transyogʼlar, yoki transyogʼli kislotalar (TFA) - sanoat yoki tabiiy kelib chiqadigan toʼyinmagan yogʼli kislotalar.

- Har yili sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlari dunyo boʼylab 278 000 dan ortiq oʼlimga sabab boʼladi.

- Transyogʼlar arteriyalarning tiqilib qolishiga hissa qoʼshadi, yurak xuruji va oʼlim xavfini oshiradi.

- Sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlari margarinda, oʼsimlik yogʼi birikmasi, Vanaspati yogʼi, qovurilgan ovqatlar va pishirilgan mahsulotlar, ayniqsa krakerlar, pechenьe va piroglarda mavjud. Sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlari koʼchada va restoranlarda taklif qilinadigan koʼplab qovurilgan va pishirilgan mahsulotlarda mavjud. Tabiiy transyogʼlarni kavsh qaytaruvchi hayvonlardan (masalan, sigir, qoʼy, echki) olingan goʼsht va sut mahsulotlarida topish mumkin.

- Sanoatda ishlab chiqarilgan va tabiiy transyogʼlari bir xil darajada zararli.

- Sanoatda ishlab chiqarilgan transyogʼlaridan foydalanishdan voz kechish va oziq-ovqat narxini, taʼmini yoki foydaliligini buzmasdan, oʼrniga sogʼlom yogʼlar bilan almashtirish mumkin. JSST kattalar uchun transyogʼlarni isteʼmol qilishni umumiy kaloriya miqdorining 1% dan koʼp boʼlmagan miqdorda cheklashni tavsiya qiladi, yaʼni kunlik ratsionda 2000 kaloriya boʼlsa, trans yogʼlar 2,2 grammga toʼgʼri kelishi kerak.

- Yurak-qon tomir kasalliklari dunyoda oʼlimning asosiy sababidir. Ushbu kasalliklarning asosiy xavf omillari notoʼgʼri ovqatlanish, jismoniy faollikning yetishmasligi va tamaki va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdir. Ratsiondagi xavflardan biri transyogʼlarini koʼp isteʼmol qilishdir, bu barcha sabablarga koʼra oʼlim xavfini 34% ga, yurak ishemik kasalligidan oʼlim xavfini 28% ga va yurak ishemik kasalliklarini rivojlanish xavfini 21% ga oshiradi. Trans yogʼlarning sogʼliq uchun foydalari aniqlanmagan. 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech