18:00 (17.04.2024)

238

TIHE 2024 — tibbiyot va farmatsevtika rivoji uchun innovatsion maydon

“Sogʼliqni saqlash — TIHE 2024” koʼrgmazmasi davom etmoqda. Koʼrgazmaning asosiy tendentsiyalaridan biri mahalliy farmatsevtika ishlab chiqarish tarmogʼini rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlashga, shuningdek, bu yoʼnalishdagi sanoatda ilgʼor texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.

Аlohida pavilyonda 13 mamlakatdan 60 dan ortiq kompaniyalar bu soha uchun eng soʼnggi ishlanmalar, uskunalar, xom ashyo va texnologiyalar, tayyor dori-darmonlarni taqdim etayapti.

Koʼrgazmada 50 dan ortiq mahalliy kompaniyalar sogʼliqni saqlash sohasidagi yutuqlari va yangiliklarini, xususan stomatologiya uskunalari, shifoxonalar va klinikalar uchun mebel va jihozlar, dori-darmonlar, farmatsevtika, diagnostika, oftalьmologiya, fizioterapiya va reabilitatsiya, laboratoriya, rentgen uskunalarini namoyish emoqda.

"Dori-Darmon" aktsiyadorlik kompaniyasi Boshqaruv raisining oʼrinbosari А.Kamilov, "Rivojlantirish va investitsiya" direktori B. Masharipov shuningdek, masʼul xodimlar ham mazkur koʼrgazmaga tashrif buyurdi. Farmatsevtika sanoati ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining stendlari, taqdim etayotgan innovatsion ishlanmalari, dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan tanishib, qizgʼin muloqot olib borishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech