09:28 (29.04.2024)

411

Soliq qoʼmitasi va farmatsevtika sanoati vakillarining QQS va markirovka boʼyicha muloqoti boʼlib oʼtdi

Soliq qoʼmitasi, “Yangi texnologiyalar” IAM hamda “Asl belgisi” Mahsulotlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish milliy tizimi mutaxassislarining farmatsevtika korxonalari vakillari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Unda dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun imtiyozlar bekor qilingandan keyin QQSni hisobga olish, tovarlar qaytarilishida EHF rasmiylashtirish shuningdek, markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilishning oʼziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.

Tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan qiyinchilik va muammolar tinglandi. Soliq toʼlovchining shaxsiy kabinetidagi avtomatlashtirilgan tizimlar va xizmatlarni soddalashtirish boʼyicha takliflari inobatga olindi. Shuningdek, "Asl Belgisi" MAT shaxsiy kabinetidagi markirovka kodlari bilan ishlash uchun moʼljallangan xizmatlarda qoʼshimcha qulayliklar yaratilishi maʼlum qilindi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech