08:52 (24.04.2024)

233

Bugun Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o`tkaziladi

Bugun, 24 aprel kuni, Toshkentda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o`tkaziladi

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“gi Farmonida ko‘rsatib o‘tilgan.

Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va viloyat ijro hokimiyati organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transporti, velosiped hamda atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi.

Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech