08:55 (25.04.2024)

279

Johnson & Johnson 2023 yil reytingida yana birinchi o'rinni egalladi

O‘tgan yili eng ko‘p daromad olgan 20 ta farmatsevtika kompaniyasi reytingining yuqori va quyi qatorlarida o‘zgarishlar yuz berdi. Buning asosiy sababi COVID-19 ning oldini olish va davolash uchun dori vositalariga bo`lgan talabning keskin kamayishi bo‘ldi.

Novo Nordisk diabet va semizlikka qarshi Ozempic va Wegovy dori vositalari savdosining tez o'sishi tufayli besh pog'onaga ko'tarilib, sezilarli sakrashga erishdi.

2022-yilda reytingda birinchi o‘rinni farmatsevtika sanoati bo‘yicha rekord darajadagi 100,3 milliard AQSh dollari daromadi bilan Pfizer egallagan edi. Bir yil o'tib, uning ko'rsatkichlari 41 foizga tushib, 58,5 milliard dollarni tashkil qildi. Bu farq to'g'ridan-to'g'ri Comirnaty vaktsinasi va viruslarga qarshi Paxlovid preparati sotuvining kamayishi bilan bog'liq. 2022-yilda ularning umumiy savdosi 56,7 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, o‘tgan yili kompaniya ushbu dorilardan atigi 12,5 milliard dollar daromad olishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu yil Pfizerning COVIDni davolash va oldini olish uchun qo'llaniladigan dori vositalarini sotilishi yana 8 milliard dollargacha pasayishi kutilmoqda. Biroq, kompaniya sog'liqni saqlash mahsulotlari hisobiga umumiy daromadning 58,5 milliard dollardan 61,5 milliard dollargacha oshishini kutmoqda. Aynan shu mahsulotlar hisobiga kompaniya 2023 yilda umumiy savdoni 7 foizga oshirdi.

Johnson & Johnson 2023 yilgi reytingda yana birinchi o‘rinni egalladi. Uning savdo hajmi 6,5 foizga oshib, 85,2 milliard dollarni tashkil etdi. J&J 2012 yildan 2021 yilgacha to‘liq o‘n yil davomida reytingni birinchi o`rnini egallab kelgan.

2023-yilda J&J o‘tgan yili 58,7 milliard Shveytsariya franki (67 milliard dollar) sotuvga erishgan Roche’dan sezilarli ustunlik bilan birinchi o‘ringa qaytdi. J&J rahbariyati 2022-yilda Kenvue kompaniyasini ajratib yuborgan edi va u mustaqil ravishda 2023-yilda sotuvlar hajmini 15,4 milliard dollarga yetkazdi. Agarda Kenvue daromadi J&J ning o‘tgan yilgi daromadi bilan birlashganda, u tarixda yillik savdosi 100 milliard dollardan oshgan ikkinchi farmatsevtika kompaniyasiga aylangan bo`lar edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech