14:52 (17.04.2024)

341

Yod tanqisligi kimlar uchun xavfli?

Homilador ayollarning tanasida yod yetishmasligi ularning sogʼligʼiga va homilaning rivojlanishiga salbiy taʼsir qiladi.

Mutaxassislarning fikricha, yod tanqisligi bolaning aqliy rivojlanishi va bachadonda homilaning shakllanishida buzilishlarga olib kelishi mumkin. Kattalarda bu qalqonsimon bezning disfunktsiyasiga, barcha organlar va tizimlarning tartibga solinishi buzilishiga olib kelishi mumkin.

Maʼlumotlariga koʼra, inson organizmida yod tanqisligi kattalarda 65%, bolalarda 95% qalqonsimon bez kasalliklariga sabab boʼladi. Natijada har yili 3 milliondan ortiq kattalar va 400 mingga yaqin bolalar ixtisoslashtirilgan endokrinologik yordamga muhtoj boʼladi.

Аsabiylashish, chekish, atrof-muhitning ifloslanishi va baʼzi dorilar ham qalqonsimon bez bilan bogʼliq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Rivojlanayotgan kasallik yuzning shishishi, terining rangi oqarishi yoki sargʼayishi, umumiy zaiflik, normal ovqatlanish bilan tana vaznining oʼzgarishi, terlash va oshqozon-ichak traktidagi buzilishlar bilan nomoyon boʼladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech