14:46 (24.05.2023)

1415

Oʼzbekistonda sogʼliqni saqlash va taʼlim sohasi xodimlarining 77 foizi xotin-qizlar ekani maʼlum qilindi

Bu haqda 23 may kuni Toshkent shahrida oʼtkazilgan gender tenglik va munosib mehnat mavzusidagi anjumanda aytilgan.

Senat xabariga koʼra, anjumanda mamlakatda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilgani, ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi oʼrni mustahkamlanib borayotgani taʼkidlangan.

Bugungi kunda sogʼliqni saqlash va taʼlim sohasida band boʼlgan aholi oʼrtasida xotin-qizlar ulushi 77 foizni, iqtisodiyot va sanoat sohasida 46 foizni tashkil etmoqda. Ikki ming nafarga yaqin xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritmoqda”, — deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinishicha, hozirda oliy taʼlim muassasalarida bakalavr yoʼnalishida oʼqiyotgan xotin-qizlar ulushi 38 foizdan 49 foizga, magistratura bosqichida oʼqiyotganlari 37 foizdan 50 foizga ortgan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech