News

not found

Tibbiyot tarixi. Qanday qilib salitsil kislotasi "Aspirin" ga aylandi

1899 yil 5 martda nemis kimyogari Feliks Xoffman yalligʼlanishga qarshi yangi dori - Aspirinni patentladi. Bugungi kunga kelib, bu dori koʼpchilik uchun ogʼriq va isitma tushiruvchi vositadir. Ammo, agar tarixga chuqur nazar tashlasak, odamlar bundan oldin ham bunday faol moddaga ega boʼlgan dorilar bilan davolana boshlaganligi ayon boʼladi. Aspirinning asosiy tarkibiy qismi boʼlgan salitsil kislotasi Xoffman tomonidan dorivor oʼsimliklaridan olingan. Xuddi shu modda majnuntol poʼstlogʼida mavjud boʼlib, undan dorivor damlamalar tayyorlangan. Uning taʼsiri koʼp yillar davomida oʼrganildi va 1838 yilda salitsil kislotasi damlamaning faol moddasi ekanligi isbotlandi, ammo bundan ancha yillar keyin dori sifatida qoʼllanila boshlandi. Xoffmanning kashfiyoti 1897 yilda Feliks Xoffman atsetillanish yoʼli bilan sof va barqaror shaklda salitsil kislotasini olishga muvaffaq boʼldi. Oʼshanda u revmatizm bilan ogʼrigan otasiga davo izlagan, otasi buyurilgan natriy salitsilatini icholmay qolgan – doridan qusish boshlangandi. Xoffman ishlagan Bayer kompaniyasi"Aspirin" brendi ostida yangi dori vositasini roʼyxatdan oʼtkazdi, u 1899 yildayoq sotuvga chiqarildi. Asos sifatida oʼsimlikning lotincha nomi Spiraea ulmaria olindi. Atsetillanish reaktsiyasining alohida rolini taʼkidlash uchun "spir" oʼzagiga "a" qoʼshildi va dori nomlanishiga xos boʼlgan "in" oxiri qoʼshildi. Aspirin arzon va samarali boʼlib, tezda mashhurlikka erishdi. Dastlab, dori kukun shaklida, 1904 yildan - tabletka shaklida ishlab chiqarilgan, 1915 yildan esa - retseptsiz sotilgan.

  • 19 October, 14:38
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech