15:26 (23.12.2022)
2635
Koʼp vazifalarni bir vaqtda bajarish uchun juda tez ishlash – bu miyaga haddan tashqari katta yuklama boʼladi. Natijada, bu unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Chunki bir vaqtning oʼzida hamma narsaga eʼtibor qaratish juda qiyin.
Mobil ilovalardan doimiy foydalanish – ular ham miyani boʼshashtiradi, shuningdek, zoʼriqishiga sabab boʼladi.
Doimo asabiy va tashvishli holatda boʼlish – miya tashvish bilan band boʼlsa, uning diqqatini boshqa narsaga qaratish qiyin.
Harakatsiz turmush tarzi – kam harakat qilish qon aylanishini sekinlashtiradi, yaʼni miyaga kamroq kislorod yetkaziladi. Bu esa miya faoliyatini buzadi.
Notoʼgʼri ovqatlanish – aniqrogʼi, tarkibida miya uchun zarur vitaminlar boʼlgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilmaslik. Masalan, xotirani yaxshilaydigan xolin tuxumda mavjud. Omega-3 kislotalari ham miya faoliyati uchun juda zarur.