09:40 (31.03.2023)

2014

Hindiston soxta dori vositalari ishlab chiqargan 18 ta farmatsevtika kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi

Sifatsiz dori-darmonlarni ishlab chiqarishga qarshi keng qamrovli chora-tadbirlar natijasida markaziy va davlat nazorat organlari 76 farmatsevtika kompaniyasida birgalikda tekshiruv oʼtkazdi. Ulardan 18 tasida soxta dori vositalari ishlab chiqargani uchun litsenziyalari bekor qildi. Tekshiruvlar soʼnggi 15 kun ichida mamlakat boʼylab oʼtkazilgan.

Manbaning maʼlum qilishicha, sifatsiz dori vositalari ishlab chiqarishga qarshi maxsus harakatning birinchi bosqichida 76 korxonaga nisbatan chora koʼrilgan.

«Soxta dori vositalari ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish amaliyoti qoidalarini buzganlik uchun 18 ta farmatsevtika kompaniyasining litsenziyalari bekor qilindi. Bundan tashqari, yana 26 tasiga sabablar yuzasidan ogohlantirish berildi», deyiladi manbada. Manbada aynan qaysi kompaniyalarning litsenziyalari bekor qilingani aytilmagan.

Taʼkidlashicha, maxsus harakat doirasida regulyatorlar 203 ta firmani aniqlagan. Kompaniyalarning aksariyati Himachal-Pradesh (70), Uttarakxand (45) va Madxya Pradesh (23) shtatlarida faoliyat olib borgan.

Soʼnggi paytlarda Hindistonda joylashgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan dori-darmonlarning sifati haqida savollar paydo boʼldi.

Fevralь oyida Tamil Naduda joylashgan «Global Pharma Healthcare» kompaniyasi koʼz tomchilari АQShda koʼrish qobiliyatini yoʼqotish bilan bogʼliq salbiy taʼsirlarga sabab boʼlgani maʼlum boʼlgandi. Bungacha Hindistonda ishlab chiqarilgan yoʼtal siroplari oʼtgan yili Gambiya va Oʼzbekistonda bolalar oʼlimiga aloqadorligi aniqlangan edi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech