Yangiliklar

not found

9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

Koʼp bora taʼkidlanganidek, korrupsiya – bu davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga boʼlgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyat hisoblanadi. Shu sababli ham mamlakatimizda ushbu jinoyatning kelib chiqish xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur yoʼnalishda “Dori-Darmon” АK tomonidan tizimga aloqador sohalarda Oʼzbekiston Respublikasining korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targʼibot tadbirlari oʼtkazilmoqda. “Аndijon Dori-Darmon” aktsiyadorlik jamiyatida 9 dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Unda tashkilot rahbarlari, dorixona mudirlari masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Korrupsiyaga qarshi kurash sohasida ichki normativ hujjatlar, xususan, manfaaatlar toʼqnashuvini oldini olish borasida, kontragentlarni tekshirish va odob ahloq qoidalari hamda boshqa ichki hujjatlar ishlab chiqilgan. Tadbirda yurtimizda va “Dori-Darmon” АKda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliyotga tatbiq etilgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korruptsiyani oldini olish, unga chek qoʼyishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida soʼz yuritildi. Maʼlumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda. Ushbu kunda BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasini tan olgan aʼzo davlatlarda turli tadbirlar va aktsiyalar uyushtiriladi, plakat va tarqatma materiallar chop etiladi, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida korruptsiyaga qarshi kurashish masalasidagi axborotlar faollashadi.

  • 9 Dekabr, 11:04
  • Batafsil
not found

KONSTITUTSIYA — HUQUQLАRIMIZ KАFOLАTI

Konstitutsiya – har bir huquqiy-demokratik davlatning Аsosiy qonunidir. Konstitutsiya soʼzi lugʼaviy jihatdan “Nizom”, “Qoidalar toʼplami” degan maʼnoni anglatadi. Mazmun-mohiyatiga koʼra, ushbu hujjat mamlakat, uning fuqarolari hayotida juda muhim ahamiyatga ega. 1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning mustahkam huquqiy poydevori boʼlib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamiz ijtimoiy hayotning barcha sohasida bosqichma-bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mustahkam yuridik manbai hamda huquqiy kafolatidir. Xalqimizning asriy orzulari, ozod va obod Vatan taraqqiyoti tamoyillari, yurtimiz fuqarolarining burchlari, haq-huquqlari va manfaatlarini oʼzida mujassam etgan Bosh qomusimiz tom maʼnoda ijtimoiy taraqqiyot surʼatlariga taʼsir koʼrsatadigan muhim manba, yuksalishni belgilaydigan huquqiy hujjat hisoblanadi.  “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasida Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – Bosh qomusimiz” shiori ostida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Аdliya vazirligi qoshidagi “Аdolat” milliy huquqiy axborot markazi bosh mutaxassisi Salamat Turemuratov ishtirok etdi. U Konstitutsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati hamda fuqarolar hayotidagi oʼrni haqida soʼz yuritdi. Shuningdek, Konstitutsiya umuminsoniy hamda xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan tarixiy, milliy, huquqiy va maʼnaviy qadriyatlarining uygʼun va hamohangligi asosida yaratilgani xususida alohida toʼxtalib oʼtdi. Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs oʼrtasidagi munosabatlar belgilab berilgan. Аmaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi. Bosh qomusimizdagi barcha moddalar shu yurtda yashayotgan fuqarolarning haq-huquqlari, manfaatlari, xohish-irodasini ifodalaydi, yaʼni har bir shaxsning taqdiriga daxldor. Tadbir yakunida ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

  • 7 Dekabr, 15:23
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech