09:35 (22.11.2022)

1575

JSST: Dorilarga chidamli infektsiyalar yiliga 10 million kishining hayotiga zomin boʼlishi mumkin

Yer yuzida yangi infektsiyalar paydo boʼlyapti. Eng yomoni, ularning dorilarga chidamli turlari koʼpaymoqda. Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti hisobotiga koʼra, bu holat dunyo aholisi salomatligiga tahdid solayotgan 10 ta asosiy xavf omilidan biridir.

  Аslida xavotirlar asosli. Virus va bakteriyalarning chidamliligi, yaʼni tibbiy preparatlarga “chap berish” xususiyati ortishi bemorlarni davolashni yanada qiyinlashtirmoqda. Oʼz navbatida, kasallikning tarqalishi uchun qulay muhit yuzaga kelyapti.

  Tadqiqotchi va ekspertlar xulosasiga koʼra, agar antibiotiklardan foydalanish boʼyicha amaldagi strategiya oʼzgarmasa, 2050 yilga kelib, infektsiyalarning chidamliligi ortishi oqibatida hayotdan koʼz yumadigan bemorlar soni yiliga 10 million nafarga yetishi mumkin.

  Hozir bu koʼrsatkich 5 million nafarni tashkil etayotganini hisobga olsak, zamonaviy tibbiyot bu borada tezkor va samarali yechimlarga muhtoj ekanligi yana bir bor oydinlashadi.

  ‼️Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, koronavirus pandemiyasi davrida turli vahima va xavotirlar ortidan antibakterial preparatlar haddan ziyod koʼp qoʼllanildi. Oqibatda infektsiyalarning dorilarga chidamlilik xususiyati yanada ortishi kuzatildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech