Yangiliklar

not found

Genetika va diabet

Oshqozon osti bezi funktsiyasi va toʼqimalarning insulinga sezgirligi uchun masʼul boʼlgan baʼzi genetik belgilar va metabolik parametrlar oʼrtasidagi bogʼliqlik TMU olimlari tomonidan aniqlandi. Shunday qilib, ular insonning uglevod almashinuvi buzilishiga va 2-toifa diabet rivojlanishiga moyilligini oʼrgandilar. Qandli diabet jiddiy, surunkali kasallik boʼlib, oshqozon osti bezi yetarli miqdorda insulin ishlab chiqarmasa yoki organizm ishlab chiqaradigan insulinni samarali ishlata olmaganida rivojlanadi. Toʼgʼri davolanmasa, diabet koʼrlik, oyoq-qoʼllarning amputatsiyasi, buyrak yetishmovchiligi, yurak xuruji va insultь kabi asoratlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi vaqtda diabetning ikki turi mavjud - 1-toifa qandli diabet (insulinga bogʼliq) va 2-toifa diabet (insulinga bogʼliq boʼlmagan). Ushbu turdagi kasallikning rivojlanishini dietaga rioya qilish, dori-darmonlarni qoʼllash va faol turmush tarzini olib borish orqali oldini olish mumkin, ammo, muhim xavf omili genetik moyillikdir. Tyumen davlat tibbiyot universiteti (TMU) olimlari uglevod almashinuvining erta buzilishi bilan kasallangan 64 kishini tekshirdi. TMU dotsenti Dilara Isakovaning soʼzlariga koʼra, barcha bemorlar keng qamrovli klinik, laboratoriya, immunokimyoviy va genetik tekshiruvdan oʼtkazildi. Natijada, ikkita genetik marker - TCF7L2 va PPARG 2-toifa diabetning rivojlanishiga moyillikni aniqlashi mumkinligi isbotlangan. "Tadqiqot davomida biz tahlil qilingan genetik belgilarning prediabetning (qandli diabetdan oldingi holat, qondagi glyukoza darajasi allaqachon meʼyordan yuqori boʼlgan, ammo diabet tashxisiga mos keladigan qiymatlarga hali erishmagan) va 2-toifa diabetning rivojlanishi bilan bogʼliqligini tasdiqladi”, dedi u, - bu markerlar uglevod almashinuvi va yurak-qon tomir xavf omillari - triglitseridlarning koʼtarilishi va arterial gipertenziya koʼrsatkichlari bilan bogʼliqligini koʼrsatadi. Tyumen olimlarining fikriga koʼra, ushbu tadqiqot terapevtlar, umumiy amaliyot shifokorlari va endokrinologlar uchun amaliy ahamiyatga ega: "prediabetli bemorlar uchun tadqiqot protokollariga genetik belgilarni kiritish 2-toifa diabetni yuqori ehtimollik bilan bashorat qilish va kasallikning rivojlanishiga yoʼl qoʼymaslik imkonini yaratadi, buning uchun uglevod almashinuvining erta buzilishi boʼlgan bemorlarni davolashda toʼgʼri yondashuv zarur."

  • 29 Mart, 14:56
  • Batafsil
not found

Qanday mahsulotlar kuchli allergen hisoblanadi?

Oziq-ovqat allergiyasi mahsulotlar tarkibidagi oqsil va oqisilsimon moddalar taʼsirida vujudga keladi. Masalan, bolalarda kasallik koʼpincha onaning homiladorlik yoki emizikli davrida notoʼgʼri ovqatlanishi sababli rivojlanadi. Chaqaloq sunʼiy aralashmalar bilan oziqlantirilsa, chala tugʼilsa yoki oshqozon-ichak, oʼt, jigar kasalliklaridan aziyat cheksa ham, oziq-ovqat allergiyasi yuzaga kelishi mumkin. Qolaversa, bolalar sevib isteʼmol qiladigan sigir suti — kuchli allergiya qoʼzgʼatuvchi mahsulot. Tarkibida f2, Bos d 4, Bos d 5, Bos d 6, Bos d 8, Bos d 9, Bos d 10, Bos d 11, Bos d 12 allergenlari mavjud. Ularga 5-6 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil-qizlarda allergiya kuzatiladi. Tovuq tuxumi ham keng tarqalgan allergenlar jumlasidan. U ovalbumin, ovomueoid, ovotransferrin va ovomutsin oqsillar guruhlarini oʼz ichiga oladi. Bu moddalar molekulyar darajada oʼrganilganda, Gal d1, Gal d2, ovomukoid, Gal d3, Gal d4 allergenlari reaktsiyalarni yuzaga keltirishi maʼlum boʼldi. Baliq — kuchli antigen. Uning goʼshtida parvaalbumin va tropomiozin oqsil guruhlari mavjud. Molekulyar darajadagi oʼrganishlar uning tarkibida Cyp c1, Gad c 1, Gad m 1 allergenlari borligini tasdiqladi. Bugʼdoy va soya ham baʼzida allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Masalan, soya tarkibini molekulyar darajada oʼrganish natijasida uning tarkibida Gly m 1, Gly m 5, Gly m 6 allergenlari mavjudligi aniqlandi. Goʼsht mahsulotlari orasida esa parranda goʼshti boshqalariga nisbatan koʼproq antigen xususiyatga ega. Sitrus mevalar, qulupnay va yertut ham koʼproq allergiya qoʼzgʼaydi. Yongʼoqqa allergiyasi boʼlganlarning aksariyati esa ushbu meva daraxti changiga ham taʼsirchan boʼladi. Kattalarda allergiya rivojlanishiga sabab boʼluvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan birinchisi yeryongʼoqdir. Bu mahsulot koʼp hollarda anafilaktik reaktsiyani keltirib chiqaradi. Undan soʼng turli xil yongʼoqlar, kunjut, asal, shaftoli, uzum, malina, sabzi, shokolad, kofe va kakao allergiya chiqaruvchi mahsulotlar roʼyxatidan joy olgan. Аllergiyaning asl sababi immunitetning genetik darajada buzilishi hisoblanib, u nasl suradi yoki favqulodda paydo boʼladi. Ilmira Razikova, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori.

  • 29 Mart, 11:42
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech