17:29 (12.12.2023)

806

Yashash hududi va saraton rivojlanish xavfi oʼrtasidagi bogʼliqlik aniqlandi

Dyuk tibbiyot maktabi (АQSh) olimlari koʼkrak bezi saratoni rivojlanish xavfi yashash joyingizga bogʼliq degan xulosaga kelishdi. "Новые Известия” nashri amerikalik mutaxassislarning tadqiqoti haqida xabar berdi.

Vaziyatni tahlil qilish uchun olimlar shahar va qishloq joylaridagi ifloslanish darajasi, kasallanish darajasi, koʼpayish koʼrsatkichlari, oʼlim yoki omon qolish darajasini hisobga oladigan atrof-muhit sifati indeksidan foydalanishdi.

Maʼlum boʼlishicha, har 100 ming aholiga oʼrtacha saraton kasalligi shahar-tumanlarida yuqori boʼlgan. Olimlar atrof-muhit sifati yomon boʼlgan hududlarda koʼkrak bezi saratonining umumiy va mahalliy holatlari boshqa hududlarga qaraganda yuqoriroq degan xulosaga kelishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech