16:31 (09.04.2024)

486

“SNS Ratings” reyting agentligi “DORI-DARMON” АKga milliy shkala boʼyicha (uz) “AА+” darajada "Barqaror" prognozi bilan qimmatli qogʼozlar emitenti korxonasining reytingini berdi

Reyting agentligi “DORI-DARMON” Аktsiyadorlik Kompaniyasining milliy shkalada berilgan qimmatli qogʼozlar emitenti reytingini oshiradi:

Reyting bahosi: (uz) “AА+”

Prognoz: Barqaror

Berilgan reyting Oʼzbekiston Respublikasidagi boshqa tashkilotlar qimatli qogʼozlar emissiyasi yoki moliyaviy majburiyatlari bilan solishtirganda, kreditga layoqatlilik va ishonchlilikning ENG YuQORI darajasini koʼrsatadi. “SNS RATINGS” RА fikriga koʼra, ushbu reyting kredit reytingi (uz) AAA boʼlgan kredit-moliya tashkiloti reytingidan biroz pastroq.

2023 yil natijalari boʼyicha Kompaniya aktivlari oʼsdi va 474,3 mlrd.soʼmni tashkil etdi, bunda 2024 yil 1 yanvar holatiga tovarlar qoldigʼi 57,9 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

Likvidlik koʼrsatkichlari maqbul darajada baholandi. Bunda, joriy likvidlik koeffitsienti 249,05% darajagacha oʼsdi, va bu tavsiya etilgan meʼyordan (60%) ancha yuqori. Shu bilan birga, Kompaniyaning mutlaq likvidlik koeffitsienti 93,07% ni tashkil etdi, muddatli likvidlik koeffitsienti esa 1,31% ni tashkil etdi.

Kompaniyaning xususiy kapitali 155,5 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Shu bilan birga, sotishdan tushgan daromad 282,1 mlrd. soʼmni tashkil etdi.

Kompaniya koʼrib chiqilayotgan davrni 8,2 mlrd. soʼmlik sof foyda bilan va aktivlar va xususiy kapital rentabelligining mos ravishda 1,73% va 5,28% koʼrsatkichlari bilan yakunladi.

Kompaniyaning faoliyati yuqori darajada baholanadi. Kompaniyaning yuqori obroʼ-eʼtibori, unga boʼlgan ishonchni mustahkamlashga taʼsir qiladi, joriy koʼrsatkichlari esa “DORI-DARMON” АK ning investitsion jozibadorligini, mahalliy qimmatli qogʼozlar bozoridagi aktsiyalarining erkin oʼsishini, hamda Oʼzbekiston bozoriga toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Kompaniyaning xalqaro moliya bozoriga chiqish imkoniyatini taʼminlaydi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech