11:45 (14.03.2024)

573

Masʼul rahbarlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi

"Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF-49-son 13.03.2024-y.) qabul qilindi

Unga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KRI), ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.

Samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻz vaqtida va sifatli erishilishini taʼminlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida:

  • samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot har chorakda “samaradorlik.uz” elektron platformasiga kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;
  • har bir samaradorlik koʻrsatkichiga belgilanadigan salmoq oʻlchovi yigʻindisidan kelib chiqib, samaradorlik koʻrsatkichlari ular bajarilishi

           -70 foizdan kam boʻlganda – “qoniqarsiz”,

           -70 foizdan 85 foizgacha – “qoniqarli”,

           -85 foizdan 100 foizgacha – “yaxshi” hamda

           -100 foiz va undan yuqori boʻlganda “aʼlo” deb baholanadi.

Samaradorlik koʻrsatkichlarining bajarilishida rahbarlarning shaxsiy masʼuliyatini oshirish maqsadida:

➖ respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish toʻlovlari miqdori ularning samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash natijalaridan kelib chiqib belgilanadi;

➖ chorak yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari "qoniqarsiz" deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga ragʻbatlantirish toʻlovlari kelgusi uch oy uchun toʻxtatiladi va ularga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi, bundan Vazirlar Mahkamasi Rayosatida samaradorlik koʻrsatkichlari asoslantirilgan sabablarga koʻra bajarilmaganligi tasdiqlangan hollar mustasno;

➖ yil yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari "qoniqarsiz" deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech