18:02 (13.12.2023)

781

Qimmat dorilar arzonlaridan yaxshiroqmi?

Baʼzi dorilar boshqalarga qaraganda qimmatroq, chunki ularni ishlab chiqarish uchun koʼproq xarajat qilinadi. Bu koʼplab omillarga bogʼliq:

- Ishlab chiqaruvchi tomonidan sotib olingan xom ashyo. Xitoy, hind, rus yoki boshqalarniki, narxi bir-birinikidan farq qiladi.

- Preparatning tarkibi. Dori qancha qimmat komponentlarni oʼz ichiga olsa, mahsulot qimmatroq boʼladi.

- Ishlab chiqaruvchining taniqliligi. Аgar ishlab chiqaruvchining nomi va bozorda oʼrni boʼlsa, uning mahsuloti qimmatroq boʼlishi mumkin.

- Dozalash shakli. Kapsulalar tabletkalarga qaraganda qimmatroq, chunki ularni tayyorlash uchun qimmatbaho uskunalar kerak.

-Ishlab chiqarish bosqichlari va zarur jihozlar. Ishlab chiqarish bosqichlari koʼproq va buning uchun oʼziga xos uskunalar ishlatilsa dori qimmatroq boʼladi.

- Sterillik. Steril preparatlar steril boʼlmaganlarga qaraganda qimmatroq, chunki sterillikni taʼminlash - ishlab chiqarish joyini qoʼshimcha tozalash va qayta ishlash ham pul talab qiladi. Tabletkalar steril emas, inʼektsiya - ha.

- Qadoq. Yakuniy xarajat mahsulotning qadoqlanishiga ham taʼsir qiladi. qanday konteyner ishlatiladi, qogʼoz va boshqalar.

- Reklama xarajatlari.

Demak, bu qimmat dorilar yaxshiroq deganimi? Umuman yoʼq. Qimmatbaho dorilar shunchaki qimmatroq. Аmmo baʼzi bemorlar qimmatroq variantni afzal koʼrishadi, boshqalari esa arzonroq.

Turli joylarda ishlab chiqarilgan dorilar qanchalik oʼxshash boʼlishidan qatʼi nazar, ular xususiyatlarida juda kichik farqlarga ega boʼladi. Hatto ishlab chiqaruvchining ingredientlarni aralashtirish tartibi, masalan, tanangiz dorini qanday qabul qilishiga taʼsir qilishi mumkin. Biz har xilmiz va dori tarkibi bir xil boʼlsa ham, bunday mikro farqlarni boshqacha qabul qilamiz.

Ikkita bir xil qor parchalari boʼlmaganidek, turli ishlab chiqaruvchilarning ikkita bir xil tabletkalari yoʼq. Biroq, ularning hech biri yomonroq yoki yaxshiroq emas. Hamma narsa tanangiz mikro farqlarni qanday qabul qilishiga bogʼliq boʼladi. Sizga nima mos kelishini bilish uchun ikkala variantni ham sinab koʼrishingiz kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech