11:51 (16.02.2023)

1636

Layfxak: Aspirindan 5 ta noodatiy foydalanish

Аspirin deyarli har qanday birinchi yordam toʼplamida mavjud boʼlgan dori. U nafaqat ogʼriq bilan kurashadi, balki boshqa koʼplab hayotiy vaziyatlarda ham foydali boʼlishi mumkin.

1. Oʼsimliklarni saqlang.
Suvga qoʼshilgan aspirin kesilgan gullarning umrini sezilarli darajada uzaytirishi maʼlum. Biroq, u bogʼdorchilikda ham yaxshi yordamchi. Bitta tabletkani bir litr suvda eritib, bu eritma bilan zamburugʼ bilan kasallangan tuproqni sugʼorish kifoya. Kasallik yoʼqoladi va oʼsimliklar yaxshiroq oʼsadi.

2. Dogʼlardan xalos boʼling.
Ikkita aspirin qoʼshilgan 100 millilitr suvga dogʼ kiyimlar solinadi. 3 soat davomida qoldiriladi. Bu usul orqali nafaqat dogʼlarni, terlashdan qolgan sariq dogʼlarni osonlikcha bartaraf etish mumkin.

3. Husnbuzar bilan kurashish.
Aspirin teri yalligʼlanishida yaxshi yordam beradi, shuning uchun u toʼsatdan chiqqan husnbuzarni deyarli koʼrinmas holga keltirishi mumkin. Buning uchun maydalangan aspirin ustiga bir necha tomchi suv solib, hosil boʼlgan massani yalligʼlangan joyga bir necha daqiqaga qoldirish kifoya.

4. Qazgʼoqdan xalos boʼling.
Bunda maydalangan aspirin qoʼshilgan shampun yordam beradi. Bosh yuvganda aspirin aralashtirilgan shampun sochlarda bir necha daqiqa ushlab turiladi va yuviladi. Soʼngra oddiy shampun bilan sochni yana bir marta yuvish lozim.

5. Hasharot chaqqanda terini tinchlantirish.
Agar sizni ari yoki boshqa hasharot chaqib olgan boʼlsa, zararlangan joyga suvga namlangan aspirin surting. Qichishish yoʼqoladi va yalligʼlanish kamroq seziladi.

Ogohlantirish
Aspirinning dori ekanligini unutmang, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan ishlating. Misol uchun, astmasi borlar yoki aspiringa allergiyasi boʼlganlarlar bu doridan foydalanmasliklari kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech