09:28 (21.02.2023)

1508

Markaziy bankning banklararo toʼlov tizimi orqali elektron toʼlovlarni amalga oshirish tartibiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritildi

Markaziy bank boshqaruvining “Markaziy bankning banklararo toʼlov tizimi orqali elektron toʼlovlarni amalga oshirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish haqida”gi qarori Аdliya vazirligi tomonidan 2023 yil 16 fevralda 1545-5-son bilan davlat roʼyxatidan oʼtkazildi.

Mazkur oʼzgartirish va qoʼshimchalar bilan:

▪️Filialga ega boʼlmagan bank yoki bank filialini banklararo toʼlov tizimiga ulash uchun belgilangan qoidalar amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqlashtirildi;
▪️banklarning vakillik hisobvaragʼida yetarli mablagʼlar mavjud boʼlmagan taqdirda, kliring orqali ishlovchi toʼlov tizimlaridan olingan banklar oʼrtasidagi yakuniy hisob-kitobga oid maʼlumotlar asosida amalga oshirilgan toʼlovlar boʼyicha mablagʼlar overdraft sifatida aks ettirilishi belgilandi;
▪️vakillik hisobvaragʼida overdraft yuzaga kelgan bankning Markaziy bank hisob-kitoblar kliring tizimi va Tezkor toʼlovlar tizimi orqali operatsiyalari vakillik hisobvaragʼida ijobiy qoldiq shakllangunga qadar toʼxtatilishi qayd etib oʼtildi;

Shuningdek, nizomning ayrim bandlaridagi normalar amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech