10:36 (22.02.2023)

2029

Uyqu dorilarini ichishga shoshilmang

Har qanday uyqu dorilari ichishga arziydimi yoki yoʼqmi degan savol tugʼilishi tabiiy. Chunki kimgadir uxlashi uchun moychechak choyi va lavanda hidi kifoya, kimdir esa retsept boʼyicha dori-darmonlarga muhtoj.

Shifokor tomonidan buyuriladigan dori-darmonlarda barchasi aniq boʼladi, yaʼni qabul qilish tartibi va nima uchun, qanday ichish kerak. Shu bois retseptsiz sotiladigan va hamma uchun mavjud boʼlgan uyqu dorilarini qanday qabul qilishni koʼrib chiqamiz.

1. Koʼrsatmalarni, ayniqsa, “Qoʼllash mumkin boʼlmagan holatlar” boʼlimini oʼqimasdan, uyqu dorilarini ichmang.

Avvalo ushbu doridan foydalanish mumkinligiga ishonch hosil qiling. Bu ishni dorixonada yoki unga borishdan oldin qilish tavsiya etiladi (koʼrsatmalar internetda ham mavjud). Chunki har qanday dori yon taʼsirga ega.

2️. Dam olish uchun biror ichimlik ichgansiz.

Agar tezroq uxlash uchun bir stakan sharob yoki boshqa alkogol ichimlik ichgan boʼlsangiz, unda uyqu dorilarini ichish aslo mumkin emas.

3️. Mashina boshqaruvi vaqtida.

Baʼzi uyqu dorilari kontsentratsiyani pasaytiradi, reaktsiyani sekinlashtiradi va uygʼonganingizdan keyin ham bu holat davom etadi. Uyqusirab mashina haydash esa juda xavfli.

Agar siz yaxshi uxlamagan boʼlsangiz, mashina boshqaruvini boshqa birovga bering yoki jamoat transportidan foydalaning.

4️. Uxlash uchun sharoit yarating.

Dam olish uchun yaxshi uyqu juda muhim. Buning uchun ushbu maslahatlardan foydalangan holda barcha sharoitlarni yaratish kerak:

- rejim oʼrnating, yaʼni bir vaqtda yoting;

- yotishdan bir soat oldin hech qanday gadjetlardan foydalanmang, ish haqida oʼylamang;

- yotishdan oldin piyoda yuring;

- yotoqxonani uxlash uchun qulay qiling: qorongʼu, salqin, sokin;

- qulay oʼrin-koʼrpa va yostiqda yoting;

- jismoniy jihatdan charchash uchun sport bilan shugʼullaning;

- qahva kabi qoʼzgʼatuvchilarni isteʼmol qilmang.

5. Agar shundan soʼng ham yetarlicha uxlay olmasangiz, uyqu dorilarini qabul qilishingiz mumkin. Uyqu dorilari har doim oxirgi chora hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech