09:48 (29.03.2023)

1855

O‘zbekistonda 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi. Roʼyxatda "Dori-Darmon" АK ham bor

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O‘zA.

Hujjat bilan aksiyalari paketlari «Bir aksiya — bitta lot» tamoyili bo‘yicha «xalqchil IPO» o‘tkazish tartibida ochiq kimoshdi savdolari orqali sotiladigan 40 ta korxona ro‘yxati tasdiqlandi.

Xususan, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi «xalqchil IPO» orqali sotiladi. Jumladan, ilk bor Navoiy va Olmaliq kombinatlari, Metallurgiya kombinati, «O‘ztelekom», «Sanoatqurilishbank» kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi. Bunda aholiga aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksiyalari sotilgan korxonalar besh yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltiradi.

Qaror eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida tender jarayonlarini tashkil etishda professional tashkilotlarni jalb qilish imkonini beradi. Mahalliy investorlar uchun real vaqt rejimida E-auksion elektron savdo maydonchasi, shu jumladan uning mobil ilovasi orqali ularni identifikatsiya qilish, investitsiya vositachilari bilan shartnomalar tuzish va depo hisob raqamini ochish imkoniyatini yaratish rejalashtirilgan.

Elektron auksionga barcha investitsiya vositachilari va ularning mijozlari aksiyalarni sotib olishda ishtirok etishi uchun teng sharoitlar yaratish topshirildi.

Aksiyalarni sotib olish uchun elektron ariza investorning o‘zi yoki investorlar nomidan ish yurituvchi investitsiya vositachisi orqali berilishi mumkin.

Onlayn auksionlar natijalariga ko‘ra oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish qimmatli qog‘ozlar savdosi tashkilotchilarining savdo maydonlaridan tashqarida amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish natijasi haqidagi ma’lumotlar investorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Bir oy muddatda korxonalar aksiyalarini «xalqchil IPO» asosida sotish tartibini tasdiqlash topshirildi.

«Xalqchil IPO»ga qo‘yiladigan 40 ta korxona ro‘yxati

Nomi

Davlat ulushi, %

Sotilayotgan aksiya

%

Dona

Navoiy KMK

100

2,0

300 000 000

Olmaliq KMK

98,54

2,0

12 300 297

O‘zbekiston metallurgiya kombinati

84,4

2,0

9 330 978

UZBAT

2,6

2,6

641 747

«O‘zbektelekom»

96,57

2,0

5 746 211

«O‘zsanoatqurilishbank»

95,2

2,0

4 878 435 656

«Asakabank»

98,96

2,0

842 745 407

Xalq banki

100

2,0

148 667 596

«Qishloqurilishbank»

98,34

2,0

311 141 316

«Aloqabank»

66,6

2,0

223 319 146

«Turonbank»

98,77

2,0

17 460 499

«Mikrokreditbank»

98,9

2,0

66 429 463

«Ipak yo‘li» bank

0,0003

0,0003

192 888

«Trastbank»

0,001

0,001

598

«Garantbank»

0,01

0,01

294 396

«O‘zbekinvest»

83,33

7,33

20 686 463

«Alskom»

3,9

3,9

1 137 311

«O‘zagrosug‘urta"*

94,5

2,0

664617

«O‘ztemiryo‘lkonteyner»

90

4,0

134651

«Dori-darmon»

36,1

20,0

4 014 400

Tovar-xom ashyo birjasi*

26,4

2,0

1 499 168

«O‘zbekgeofizika»

96,8

2,0

23240 292

«Qurilishmashlizing»

73,5

22,5

3 825 000

«O‘zog‘irsanoatloyiha»

81,7

5,7

671 238

«Toshuyjoyliti»

61,5

10,5

482 084

«Tashgiprogor»

41,8

15,8

85 673

«Boshtransloyiha»

32,1

6,1

271 556

«Andijon biokimyo zavodi»

96,0

20,0

2 541 782

«O‘zbekneftgaz»

99,94

2,0

849 738 934

«Hududgazta’minot»

100

2,0

529 261 741

«Issiqlik elektr stansiyalari»

99,99

2,0

3 993 422

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»

100

2,0

1 040 462 222

«Hududiy elektr tarmoqlari»

100

2,0

1 693 616 290

«O‘zbekgidroenergo»

100

2,0

146 221 337

«Minora qurish ekspeditsiyasi»

37,1

11,1

3 588 800

«Janubsanoatmontaj»

20,7

20,7

337 653

«Qo‘qon neftgaz parmalash ishlari»

61,3

10,3

33 424 896

«Ko‘prikqurilish» UK**

100

2

-

«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi**

100

10

-

«Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi**

100

10

-

Eslatma: Aksiyalar soni o‘zgargan taqdirda, sotish o‘zgarishlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

* — ustun mavqega ega bo‘lgan kompaniyaning davlat ulushi sotilmoqda;

** — aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilgandan keyin aksiyalar sotuvga chiqariladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech