10:10 (05.03.2023)

1757

Hindistonda Marion Biotech mansabdorlari hibsga olindi

Hindiston politsiyasi 3 mart kuni Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining 3 nafar yuqori lavozimli xodimini hibsga oldi. Аvvalroq, ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan yoʼtalga qarshi sirop Oʼzbekistonda kamida 20 nafar bolaning oʼlimiga sabab boʼlgan edi.

Hindiston davlat laboratoriyasi tomonidan Marion Biotech dori vositalarini tekshirish boʼyicha oʼtkazilgan sinovlarda 22 ta namunaning tarkibi «buzilgani va qalbakilashtirilgani» aniqlangan. Shundan soʼng, hibslar amalga oshirildi, deb yozdi Reuters. Mansabdorlarga qanday ayblov qoʼyilgani maʼlum emas.

Politsiyaning yuqori lavozimli ofitseri Ram Badan Singx soʼzlariga koʼra, Marion Biotech kompaniyasining ishlab chiqarish direktori va 2 nafar kimyogari hibsga olingan. Yana 2 nafar direktor «mamlakat tashqarisida va Hindistonga qaytishi bilanoq hibsga olinadi».

Reuters hibslar boʼyicha izoh olish uchun Marion Biotech kompaniyasiga murojaat qilgan. Biroq, kompaniyada qoʼngʼiroqlarga javob berishmagan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech