News

not found

Hindiston propilenglikoldan foydalanishni taqiqladi

Ushbu modda Marion Biotech kompaniyasining taʼminotchisi tomonidan yetkazilgan. Hindiston hukumati farmatsevtika kompaniyalariga propilenglikol (PG) moddasidan foydalanishni taqiqladi. Ushbu modda Marion Biotech kompaniyasining yoʼtalga qarshi siroplari uchun ingredient yetkazib bergan kompaniya bilan bogʼliq. Reuters xabariga koʼra, hukumat Dehli shahrida joylashgan taʼminot kompaniyasining PG moddasidan foydalanishni toʼxtatishni buyurgan. Hindistonning giyohvand moddalari ustidan nazorat qiluvchi departamenti (DCGI) xatiga koʼra, Dehli shahrida joylashgan Maya Chemtech kompaniyasi PG moddasining asosiy taʼminotchisi boʼlgan. U Marion Biotech kompaniyasiga etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DEG) ham yetkazib bergan edi. Xabarda nega PG moddasidan foydalanish taqiqlangani haqida maʼlumot yoʼq. Eslatib oʼtamiz, 2022 yil dekabr oyida Oʼzbekistonda Marion Biotech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Dok-1 MАKS» yoʼtalga qarshi siropidan oʼnlab bolalar vafot etgan edi. Shundan soʼng, Marion Biotech kompaniyasi zavodida ishlab chiqarish jarayoni toʼxtatildi. Oʼzbekiston Sogʼliqni saqlash vazirligiga koʼra, dori vositalari tarkibida propilenglikol oʼrniga yoki u bilan birga etilenglikol (EG) va dietilenglikol (DEG) moddalari aniqlangan. Ushbu moddalar oʼta zaharli boʼlib, sanoatda suyultiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. JSST ushbu moddalar oz miqdorda qabul qilinganda ham oʼlimga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi va hech qachon dori vositalarida ishlatilmasligi lozimligini taʼkidladi. Hindiston politsiyasi 3 mart kuni Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasining 3 nafar yuqori lavozimli xodimini hibsga olgan edi.

  • 11 March, 10:51
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech