Yangiliklar

not found

Tuberklyozga qarshi vaktsinalar 100 yil oldin yaratilgan va ular talab darajasida emas — JSST rahbari

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning qayd etishicha, hozir dunyoda qoʼllanilayotgan tuberkulyozga qarshi vaktsinalar bundan yuz yil avval yaratilgan va ularning samaradorligi talab darajasida emas. “Xalqaro hamjamiyat koronavirus pandemiyasidan toʼgʼri saboq chiqarishi kerak, — deydi JSST rahbari. — SOVID-19 bizga epidemiologik xatar istalgan paytda paydo boʼlishi mumkinligini koʼrsatdi.   Shunga qaramay, juda qisqa muddatda bu xavfli infektsiyaga qarshi samaradorligi yuqori vaktsinalar yaratishga muvaffaq boʼldik. Tuberkulyozga qarshi emlash vositalarini tayyorlashga esa bir necha oʼn yil oldin kirishilgan. Аmmo izlanishlar keskin "oqsamoqda".  Maʼlum qilinishicha, hozir silga qarshi 16 ta yangi vaktsina yaratish ustida ish olib borilyapti. Eng muhimi, bu jarayonni hukumatlar, biznes va ilmiy doiralar hamda keng jamoatchilik koʼmagida tezlashtirish mumkin. Shu bois T. Gebreyesus bu borada maxsus kengash tuzishni taklif qildi.  Kengash silga qarshi yangi vaksinalarni yaratish, shuningdek, ularni litsenziyalash va erta foydalanish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi. Hozirgi vaqtda dunyodagi yagona litsenziyalangan silga qarshi vaktsina BTsJ, boʼlib, u yuz yil oldin ishlab chiqilgan. Goʼdaklar va yosh bolalarda kasallikning ogʼir shakllarini oldini olishda oʼrtacha darajada samarali, ammo butun dunyo boʼylab sil kasalligi tarqalishining qariyb 90 foizini tashkil etuvchi oʼsmirlar va kattalarda tegishli himoyani taʼminlay olmaydi. JSSTning yangi tadqiqotiga koʼra, agar 50 foiz samarali vaktsina ishlab chiqilsa, 25 yil ichida 76 milliongacha yangi sil kasalligi, 8,5 million oʼlim, 42 million antibiotikli davolash va 6,5 ​​milliard dollar sarflanishining oldini olish mumkin. Agar 75 foiz samarali vaktsina ishlab chiqilsa, bir vaqtning oʼzida 110 million yangi sil kasalligi va 12,3 million oʼlimning oldini olish mumkin. JSST tadqiqotchilari, shuningdek, 50 foiz samarali vaktsinaga sarmoya qilingan har bir dollar sogʼliqni saqlash xarajatlarining oldini olish va samaradorlikni oshirishda yetti dollarlik iqtisodiy daromad keltirishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

  • 7 Avgust, 17:15
  • Batafsil
not found

Rossiyalik olimlar 3D-printerda quloq pardasining analogini chop etishdi

Sechenov universiteti olimlari tirik hujayralar va kollagendan quloq pardasi analogini bioprinterda chop etishni o‘rgandi. Yangi texnika odamlarga bir oy ichida eshitish qobiliyatini tiklash imkonini beradi. “Quloq pardasining teshilishini tiklash uchun biz o‘zimiz uchun yangi va murakkabroq to‘qima muhandislik tuzilmalarini yaratishga qaror qildik. Asos sifatida biologik mos keladigan gidrogel va hujayrali sferoidlarni o'z ichiga olgan ilgari ishlab chiqilgan biosuyog` olindi. Keyin kollagen matritsalari bo‘lgan bioqog‘ozdagi 3D bioprinter yordamida konstruksiyalar chop etildi”, — dedi Regenerativ tibbiyot instituti kichik ilmiy xodimi Polina Bikmulina. Sechenov universitetining 1-sonli klinik shifoxonasi kafedra mudiri, professor, Quloq, burun va tomoq kasalliklari klinikasi direktori Valeriy Svistushkinning so‘zlariga ko‘ra, karlik va eshitish qobiliyatini yo‘qotish keng tarqalgan kasallik va otorinolaringologlar uchun muhim muammo hisoblanadi. Quloq pardasining teshilishi butun dunyo bo'ylab millionlab odamlarga ta'sir qiladi va eshitish qobiliyatini yo'qotishiga olib keladi. Bu esa keyinchalik kasbiy va ijtimoiy moslashuvning buzilishi va hayot sifatining pasayishiga olib keladi, deb tushuntirdi mutaxassis. Uning ta'kidlashicha, yangi texnologiya ushbu patologiyaga chalingan odamlarga yordam berish jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi, buning natijasida operatsiya odatdagidan ko'p marta tezroq amalga oshiriladi - taxminan 40 daqiqa. Hozirda shinshillalar ustida tajriba o‘tkazilgan, chunki ularning quloq membranasining tuzilishi odamnikiga yaqin, va keyinchalik klinik tadqiqotlar o‘tkazish va odamlarni davolashga o‘tish rejalashtirilgan.

  • 7 Avgust, 15:04
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech